Badridinova Barnoxon Kamalidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qandli diabet 2 turi bo‘lgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi rivojlanishi havf omillarini baholash”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2068.
Ilmiy rahbar: Djuraeva Aziza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diabetik nefropatiya bilan kechgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligining terminal buyrak etishmovchiligi bosqichiga o‘tishining eng muhim havf omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba buyraklar fil`tratsiya faoliyatining saqlanish bosqichi va darajasiga qarab surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining muhim omillaridan anemiya, sistolik arterial qon bosimi, diastolik arterial qon bosimi, D vitamini etishmovchiligi, diabetning davomiyligi, trigliseridlar va past zichligdagi lipoproteidlarning yuqori darajasi, urolitiaz va birga keladigan qon tomir asoratlari aniqlangan;
gemodializdagi qandli diabeti mavjud va diabetsiz bemorlarda Kidney Disease Quality of Life Short Form so‘rovnomasi asosida hayot sifati qiyosiy tahlili qandli diabetli bemorlar ruhiy holati va hayot sifati ko‘rsatkichlarining past ekanligi  aniqlangan;
qandli diabet 2 tur bilan kasallangan bemorlarda jismoniy faollik va sistolik arterial qon bosimi, diastolik arterial qon bosimi o‘rtasidagi kuchli ijobiy  hamda tana vazni indeksi bilan teskari bog‘liqligi, xolesterin, mochevina, kreatinin darajasi va jismoniy faollik o‘rtasida gemodializdagi va diabetsiz bemorlarga nisbatan o‘rtacha teskari korrelyasiya aniqlangan;
2 tur qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda klinik  va laborator tekshirish natijalari asosida terminal buyrak etishmovchiligi tez rivojlanishi va oqibatlarini oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 27-martdagi 23z/010-son xulosasiga ko‘ra:
terminal buyrak etishmovchiligi rivojlanishi erta prediktorlari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.11.2021 y.; № 01/701), hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (01.12.2021 y.; № 51) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • surunkali buyrak kasalligi kechishining og‘irlashishi xavf omillarini erta aniqlashga yordam beradi; • surunkali buyrak etishmovchiligi profilaktika usullarini optimallashtiradi; • gemodializ muolajasiga muhtoj bemorlar sonini kamaytiradi; • qandli diabet 2 tur bilan kasallangan bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi va ularning mehnatga layoqatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gemodializ muolajasi bir seansi 1 nafar bemor uchun byudjet xisobida 265 000 so‘mga teng. Terminal buyrak etishmovchiligi bilan kasallangan bemor xaftasiga 3 marotaba, oyiga 12 marotaba, yiliga 144 ta seans olishi lozim. Bu esa yiliga 1 nafar bemor uchun 38 160 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: yuqorida aniqlangan havf omillar qandli diabet 2 tur bilan kasallangan bemorlarda diabetik nefropatiya progressiyasi oldini olish, gemodializ muolajasiga muhtoj bemorlar sonini kamaytirish va xar bir bemor uchun yiliga sarflanadigan mablag‘larining 38 160 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Qandli diabet 2 turi bo‘lgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi rivojlanishi havf omillarini baholash»  mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 27 apreldagi 04/1772-son xat yuborilgan. gemodializdagi qandli diabeti bor va diabetsiz bemorlarda Kidney Disease Quality of Life Short Form so‘rovnomasi asosida hayot sifatining qiyosiy tahlili natijasida, qandli diabeti bor bemorlar ruhiy holati va hayot sifati ko‘rsatgichlarining past ekanligi aniqlangan.
2-tur diabet bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifatining nisbatan pastligi dializ seanslari bilan ta’minlanishning etarli darajada nazorat qilinmasligini tavsiflaydi. Ushbu anketa, o‘z navbatida, 2-tur diabet bilan og‘rigan bemorlarni boshqarishda eng zaif nuqtalarni aniqlashga kasallik yakuni istiqbolini belgilashda foydalanish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy – amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.11.2021 y.; № 01/701), hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (01.12.2021 y.; № 51) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda so‘rovnoma asosida hayot sifati ko‘rsatgichlarini o‘rganish bemorlar klinik holatini adekvat baholaydi; • davolash natijalarini ob’ektivlashtiradi; • amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot vaqtida bemorlar hayot sifati ko‘rsatgichlari va biokimyoviy qon tahlillari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlandi. Bu esa yetakchi xavf omillariga qarab davolash sxemasini optimallashtirish va bemorlar hayot sifatini  yaxshilanish imkonini beradi. Hayot sifati past bo‘lgan bir qator bermolar haftasiga 4 marotaba dializ muolajasini olishga majbur, shu sabali ushbu guruh bemorlarga oyiga 16 ta seans, yiliga 192 ta seans to‘g‘ri keladi. Iqtisodiy tomondan xar bir bemor uchun 50 880 000 so‘m miqdorni tashkil qiladi. Xulosa: gemodializ olgan bemorlarning hayot sifatini baholash bemor ahvolining og‘irligini to‘g‘ri baholashga va gemodializ seanslari sonini kamaytirish uchun optimal davolash usulini tanlashga va xar bir bemor uchun 50 880 000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengantirilgan holda foydalanish: «Qandli diabet 2 turi bo‘lgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi rivojlanishi havf omillarini baholash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha  Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 27 apreldagi 04/1772-son xat yuborilgan. qandli diabet 2 tur bilan kasallangan bemorlarda jismoniy faollik va sistolik arterial qon bosimi, diastolik arterial qon bosimi o‘rtasida kuchli ijobiy munosabatni va TVI  bilan teskari munosabat, xamda xolesterin, mochevina kreatinin darajasi va jismoniy faollik o‘rtasida gemodializdagi diabetsiz bemorlarga nisbatan o‘rtacha teskari korrelyasiya aniqlangan;
2-tur diabet bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifati va biokimyoviy ko‘rsatgichlar o‘rtasidagi korrelyasiya, dializ muolajasi bilan ta’minlanishning etarli darajada nazorat qilinmasligini tavsiflaydi. Ushbu anketa, o‘z navbatida, 2-tur diabet bilan og‘rigan bemorlarni boshqarishda eng zaif nuqtalarni aniqlashga kasallik yakuni istiqbolini belgilashda foydalanish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy – amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.11.2021 y.; № 01/701), hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (01.12.2021 y.; № 51) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda so‘rovnoma asosida hayot sifati ko‘rsatgichlarini o‘rganishga xizmat qiladi: • dializdagi bemorlar davolash natijalarini optimallashtiradi; • amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hayot sifati past bo‘lgan bir qator bermolar haftasiga 4 marotaba dializ muolajasini olishga majbur, shu sabali ushbu gurux bemorlarga oyiga 16 ta seans, yiliga 192 ta seans olishiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiy tomondan xar bir bemor uchun 50 880 000  so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: gemodializ muolajasini oladigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash davlat byudjetini xar bir bemor uchun 50 880 000 so‘m iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikdan kengantirilgan holda foydalanish: «Qandli diabet 2 turi bo‘lgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi rivojlanishi havf omillarini baholash»  mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 27 apreldagi 04/1772-sonli xat yuborilgan. 
2  tur qandli diabet va surunkali buyrak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorkarda klinik va laborator tekshrish natijalari asosida terminal buyrak yrtishmovchiligi tez rivojlanishi va oqibatlarini oldini olish chora - tadbirlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan algoritm asosida surunkali buyrak kasalligi terminal bosqichi rivojlanishi profilaktikasi takomillashtirilgan va bu kasallik og‘ir bosqichi, xamda dializga muhtoj bemorlar sonini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: terminal buyrak etishmovchiligi rivojlanishi erta prediktorlari Buxoro vilayati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.11.2021 y.; № 01/701), hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (01.12.2021 y.; № 51) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • aniqlangan xavf omillari 2 tur qandli diabet va surunkali buyrak kasalligini erta tashhislash istiqbolini belgilaydi; •sistolik, diastolik arterial qon bosimi, trigliseridlar va past zichligdagi lipoproteidlarning konsentratsiyasi kamayishi, vitamin D defisiti, kamqonlik belgilarini bartaraf etish surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi havfini kamaytiradi va bemorlarni davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligini erta tashxisoti va samarali davoning qo‘llanilishi, tavsiya etilgan diagnostik va prognostik mezonlardan foydalanish xar bir bemor uchun byudjet mablag‘larni 38 160 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: qandli diabet 2 turi bo‘lgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi rivojlanishi havf omillarini baholash va davo choralarini optimallashtirish hisobiga xar bir bemor uchun 38 160 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengantirilgan holda foydalanish: «Qandli diabet 2 turi bo‘lgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi rivojlanishi havf omillarini baholash»  mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 27 apreldagi 04/1772-sonli xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish