Djuxonova Noxida Xayotjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek va qirg‘iz qizlarini oilaga tayyorlashda etnik stereotiplar va psixologik ustanovkalar», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P3.
Ilmiy rahbar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimboevna, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qirg ’iz qizlarini oilaga tayyorlashda etnik stereotiplar va psixologik ustanovkalar namoyon bo‘lishini aniqlash va zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 o‘zbek va qirg ’iz qizlarini etnik stereotiplari va psixologik ustanovkalarini ifodalanishiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlari, shaxslararo emotsional va kognitiv xulq-atvor komponentlari etnik ahamiyatga ega bo‘lganligi tufayli oilaviy hayotga tayyorlik darajasining optimallashtiruvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ekanligi isbotlangan;
o‘zbek va qirg ’iz qizlarini etnik stereotiplari va psixologik ustanovkalarini differensial namoyon bo‘lishiga ko‘raoilaviy muomala maromlarini o‘zlashtirish, o‘zini-o‘zi boshqarish, vaziyatni oqilona baholash va qiyinchiliklarga nisbatan sabr-toqatni kamol toptirish orqali ularda oilaga tayyorlikning pozitiv samaradorlikka erishishi asoslangan;
«oilaviy uyushganlik» darajasini ifodalashdagi hududiy farqlarga ko‘ra, «oilaviy munosabatlar chegarasi», «qiziqishlar va bo‘sh vaqt», «umumiy do‘stlar» munosabatlarning qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash ustuvor ekanligi tufayli etnik stereotipni differensial ta’siri asoslangan;
o‘zbek va qirg ’iz oilalardagi «oilaviy uyushganlik»ni ifodalanishiga ko‘ra «oilaviy munosabatlar chegarasi», «qiziqishlar va bo‘sh vaqt», «umumiy do‘stlar» mezonlarining qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ustuvor ekanligi tufayli etnik stereotiplarning differensial ta’siri dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek va qirg‘iz qizlarini oilaga tayyorlashda etnik stereotiplar va psixologik ustanovkalar bo‘yicha olingan tadqiqot ishi natijalari asosida:
    o‘zbek va qirg‘iz qizlarini etnik stereotiplari va psixologik ustanovkalarini ijtimoiy qadriyatlari, shaxslararo emotsional va kognitiv xulq-atvor komponentlari etnik ahamiyatga ega bo‘lganligi tufayli oilaviy hayotga tayyorlik darajasining optimallashtiruvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ekanligi isbotlanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-21a son buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-21 -M son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qirg‘iz qizlarining oilaviy hayot haqidagi ijtimoiy tasavvurlarini empirik tadqiq etishning psixologik imkoniyatlari yaratilgan;
    o‘zbek va qirg‘iz qizlarini etnik stereotiplari va psixologik ustanovkalarini oilaviy muomala maromlarini o‘zlashtirish, o‘zini-o‘zi boshqarish, vaziyatni oqilona baholash va qiyinchiliklarga nisbatan sabr-toqatni kamol toptirish orqali ta’sir etishga ko‘ra ularda oilaga tayyorlikning pozitiv samaradorlikka erishishi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-21a son buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-21 -M son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qirg‘iz qizlarini oilaga tayyorlashning etnik stereotiplari va psixologik ustanovkalarini qiyosiy va tizimli tahlil etishning psixodiagnostik jihatlari yoritilgan;
    «oilaviy uyushganlik» darajasini ifodalashdagi hududiy farqlarga ko‘ra, «oilaviy munosabatlar chegarasi», «qiziqishlar va bo‘sh vaqt», «umumiy do‘stlar» munosabatlarning qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash ustuvor ekanligi tufayli etnik stereotipni differensial ta’sirini  asoslashga doir Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-21a son buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-21 -M son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qirg‘iz qizlarining nikohga ma’naviy tayyorgarlik darajasini aniqlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari tadqiq etilgan;    
    o‘zbek va qirg‘iz oilalardagi «oilaviy uyushganlik»ni ifodalanishiga ko‘ra «oilaviy munosabatlar chegarasi», «qiziqishlar va bo‘sh vaqt», «umumiy do‘stlar» mezonlarining qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ustuvor ekanligi tufayli etnik stereotiplarning differensial ta’siri dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-21a son buyrug‘i asosida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-21 -M son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qirg‘iz qizlarida oilaga tayyorlashning etnik stereotiplari hamda psixologik ustanovkalarini aniqlash asosida zarur tavsiyalar ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish