Rustamov Jamshid Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4392.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari o‘qituvchining innovasion faoliyatini oshirishga qaratilgan mustaqil ta’lim olishga motivasiya berish, anglash va xotirada saqlash, qo‘llash va nazorat qismlari mazmunini o‘zaro dialog asosiga qurish hamda tarmoq texnologiyalarini texnik topshiriqlar mazmuniga bosqichma-bosqich singdirish  asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi mashg‘ulotlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga ko‘ra tashkiliy loyihalash va uning bosqichlari algoritmini o‘quv modulining faollik vektoriga ustuvor ravishda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish jarayoni ijodiy muhit yaratuvchi kreativ yondashuvlarni belgilash hamda ratsional-mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va shaxsiy-kommunikativ munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatini o‘zaro adaptiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish modeli tashkiliy-ijodiy, integratsion-faol yondashuv asosida o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni ratsional loyihalashtirish, interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari vositasida kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtrilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari o‘qituvchining innovasion faoliyatini oshirishga qaratilgan mustaqil ta’lim olishga motivasiya berish, anglash va xotirada saqlash, qo‘llash va nazorat qismlari mazmunini o‘zaro dialog asosiga qurish hamda tarmoq texnologiyalarini texnik topshiriqlar mazmuniga bosqichma-bosqich singdirish  asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274 sonli bo‘yrug‘iga asosan berilgan 274-179 nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarning o‘quv-metodik ta’minotini boyitish hamda xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini talabalar tomonidan o‘zlashtirilish imkoniyatlarining oshishiga sharoit yaratilgan;
elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi mashg‘ulotlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga ko‘ra tashkiliy loyihalash va uning bosqichlari algoritmini o‘quv modulining faollik vektoriga ustuvor ravishda qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274 sonli bo‘yrug‘iga asosan berilgan 274-179 nashr ruxsatnomasi). Natijada fanlararo va o‘quv mavzulari o‘rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlash imoni kengaytirilgan;
elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish jarayoni ijodiy muhit yaratuvchi kreativ yondashuvlarni belgilash hamda ratsional-mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va shaxsiy-kommunikativ munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatini o‘zaro adaptiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274 sonli bo‘yrug‘iga asosan berilgan 274-179 nashr ruxsatnomasi). Natijada  oliy ta’lim muassasalarda xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish imkoniyati yaratgan.
elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish modeli tashkiliy-ijodiy, integratsion-faol yondashuv asosida o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni ratsional loyihalashtirish, interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari vositasida kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274 sonli bo‘yrug‘iga asosan berilgan 274-179 nashr ruxsatnomasi). Natijada xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini talabalar tomonidan o‘zlashtirilish imkoniyatlarining oshishiga imkon yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish