Xujaniyozova Oygul Rajabovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish (7-9 sinf o‘quvchilari misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3485.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Quandiq Aytbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mavlonova Saidaxon Umarovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish jarayonini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik-psixologik omillari va shart-sharoitlari kompetensiyaviy, faoliyatga doir, shaxsga yo‘naltirilgan hamda kreativ yondashuvlarning integrativ aloqalarini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga nisbatan qiyosiy moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mazmuni (ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, shakl, metod va vositalari) ijodiy kompetentlik komponentlarini (motivasion, aksiologik, kognitiv, operasional va refleksiv) texnologiya fani bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ijodiy va amaliy jihatdan implementatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish samaradorligini baholash mezon va ko‘rsatkichlari o‘quvchilarni ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish japayonini tashkil etish bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari hamda mezonlarini vitagen ta’lim integratsiyasi orqali metodik muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish texnologiyalari o‘quvchilarining ijodiy mehnat faoliyati samaradorligini oshirishning pragmatik, empirik va deterministik omillarga bog‘liqligini o‘qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodlari orqali faktik dalillash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish (7-9 sinf o‘quvchilari misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kompetensiyaviy, faoliyatga doir, shaxsga yo‘naltirilgan hamda kreativ yondashuvlarning integrativ aloqalarini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga nisbatan qiyosiy moslashtirish asosida aniqlashtirilgan o‘quvchilarni ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik-psixologik omillari va shart-sharoitlari, o‘quvchilarining ijodiy mehnat faoliyati samaradorligini oshirishning pragmatik, empirik va deterministik omillarga bog‘liqligini o‘qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodlari orqali faktik dalillash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish texnologiyalari borasidagi tavsiyalar Xorazm viloyat Urganch shahri 4-, 6-, 19-, Namangan viloyat Davlatobod tumanidagi 42-, 56-, 58-sonli umumtaʼlim maktablari, Toshkent viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli Chirchiq shahridagi 2-, 8-, 15-, 20-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquv jarayonini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 19-yanvardagi 01/11-01/1-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari takomillashtirilgan.
ijodiy kompetentlik komponentlarini (motivasion, aksiologik, kognitiv, operasional va refleksiv) texnologiya fani bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ijodiy va amaliy jihatdan implementatsiya qilish orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mazmuni (ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, shakl, metod va vositalari)ga oid tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 26 yanvardagi 60-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirishning metodik ta’minoti boyitilgan.
o‘quvchilarni ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mazmunini takomillashtirish japayonini tashkil etish bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari hamda mezonlarini vitagen ta’lim integratsiyasi orqali metodik muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish samaradorligini baholash mezon va ko‘rsatkichlariga oid takliflar PZ-2014-0903160552-son "Umumiy o'rta ta'Iim maktablarida mehnat ta'limi fanini mazmunan modemizatsiyalash hamda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari" mavzusidagi loyiha doirasida vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022 yil 30-dekabrdagi 03-4738-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarining kreativ yondashuv asosida ijodiy mehnat faoliyati samaradorligini oshishiga erishilgan.