Xonnazarova Mamlakat To‘lqinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida zoologiya fanini o‘qitish metodikasini mediatexnologiyalar asosida takomillashtirish (suyakli baliqlar sinfi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4596.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshmuratov Roxat Artikbaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida “Zoologiya” fanini (suyakli baliqlar sinfi misolida) o‘qitish metodikasini mediatexnologiyalar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyakli baliqlar sinfiga oid metodik, ijtimoiy, kreativ, pedagogik, psixologik, individual, kommunikativ, innovatsion mediatexnologiyalari orqali bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining shaxsiy-kasbiy rivojlanish traektoriyasi o‘qitish omillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish mezonlari va darajalari interfaol va kreativ topshiriqlar tizimiga ustuvorlik berish orqali mediatexnologiyalar vositasida suyakli baliqlar sinfini o‘qitishi takomillashtirilgan;
“Zoologiya” fanini mediatexnologiyalar vositasida o‘qitish modeli raqamli tabiiy ta’lim transformatsiyasida raqamli ko‘nikma va malaklarni rivojlantirish mexanizmi bo‘yicha dasturlashtirilgan o‘quv-metodik ta’minot orqali takomillashtirilgan;
suyakli baliqlar sinfini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik ta’minotining tarkibiy-mazmuniy komponentlari qadriyat-semantik komponentini kiritish orqali xyutogogik paradigma tamoyillari orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida zoologiya fanini o‘qitish metodikasini mediatexnologiyalar asosida takomillashtirish (suyakli baliqlar sinfi misolida) bo‘yicha erishilgan natijalari asosida:
suyakli baliqlar sinfiga oid metodik, ijtimoiy, kreativ, pedagogik, psixologik, individual, kommunikativ, innovatsion mediatexnologiyalari orqali bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining shaxsiy-kasbiy rivojlanish traektoriyasi o‘qitish omillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan I-OT-2019-8 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-yanvardagi 02-07-261/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalarining takomillashgan tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish mezonlari va darajalari interfaol va kreativ topshiriqlar tizimiga ustuvorlik berish orqali mediatexnologiyalar vositasida suyakli baliqlar sinfini o‘qitishi takomillashtirilgan xulosa va takliflardan I-OT-2019-8 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-yanvardagi 02-07-261/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Zoologiyadan 888 qiziqarli savol-javoblar” nomli uslubiy qo‘llanmasi yaratilgan;
“Zoologiya” fanini mediatexnologiyalar vositasida o‘qitish modeli raqamli tabiiy ta’lim transformatsiyasida raqamli ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish mexanizmi bo‘yicha dasturlashtirilgan o‘quv-metodik ta’minot orqali takomillashtirilgan xulosa va takliflardan
I-OT-2019-8 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-yanvardagi 02-07-261/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya ta’lim yoʻnalishi talabalarining ta’lim jarayonini mediatexnologiyalar asosida tashkil etish imkoni sezilarli darajada oshirilgan;
suyakli baliqlar sinfini mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik ta’minotining tarkibiy-mazmuniy komponentlari qadriyat-semantik komponentini kiritish orqali xyutogogik paradigma tamoyillari orqali takomillashtirilgan xulosa va takliflardan I-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-yanvardagi 02-07-261/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Zoologiya” elektron darsligi va “Suyakli baliqlar” mobil ilovasi ishlab chiqilgan.