Toshpulatova Niyoxon Shavkatjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni fanlararo shakllantirish  metodikasini takomillashtirish  (tabiiy va aniq fanlar misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped4194.
Ilmiy rahbar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Oripova Nodima Xalilovna,pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni fanlararo shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni fanlararo shakllantirish maqsadida pedagogik jarayonning didaktik imkoniyatlari (bilish, o‘rganish, amalda sinab ko‘rish, fikrlash, mushohada qilish) yuqori darajadagi fikrlash mustaqilligining (tushunish, fikrlash, qarorlar qabul qilish) namoyon bo‘lishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy va aniq fanlarni fanlararo o‘qitishda o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning amaliy komponenti va didaktik vaziyatlarini o‘quvchi yoshiga va mavzu mazmuniga muvofiq yaratish, ijodiy mayllarni ko‘rgazmalilik, amaliy topshiriqlar, ijodiy o‘yinlar vositasida hosil qilish, intellektual faoliyatni izchillik (rejalashtirish, boshqarish) asosida tashkil etish  asosida rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini fanlararo shakllantirishning tashkiliy-metodik komponenti innovatsion o‘qitishning kognitiv (ilmiy dunyo qarashga yo‘nalganlik), pedagogik faoliyatga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (bilishga va o‘rganishga) qaror toptirishning didaktik ta’minotini rejalashtirish asosida takomillashtirilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni fanlararo integratsiyalash asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan mantiqiy tuzilma shaxs rivojlanish sohalarining (individual, hamkorlikda) faoliyati mazmunini vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borishning pedagogik jarayonini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni fanlararo shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni fanlararo shakllantirish maqsadida pedagogik jarayonning didaktik imkoniyatlari(bilish, o‘rganish, amalda sinab ko‘rish, fikrlash, mushohada qilish) yuqori darajadagi fikrlash mustaqilligining (tushunish, fikrlash, qarorlar qabul qilish) namoyon bo‘lishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 2-maydagi 01/11-01/9-294-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarashni fanlararo shakllantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligini oshirishga ko‘maklashilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy va aniq fanlarni fanlararo o‘qitishda o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning amaliy komponenti va didaktik vaziyatlarini o‘quvchi yoshiga va mavzu mazmuniga muvofiq yaratish, ijodiy mayllarni ko‘rgazmalilik, amaliy topshiriqlar, ijodiy o‘yinlar vositasida hosil qilish, intellektual faoliyatni izchil (rejalashtirish, boshqarish) asosida tashkil etish asosida rivojlantiririshga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 2-maydagi 01/11-01/9-294-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni fanlararo shakllantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini fanlararo shakllantirishning tashkiliy-metodik komponenti innovatsion o‘qitishning kognitiv (ilmiy dunyo qarashga yo‘nalganlik), pedagogik faoliyatga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (bilishga va o‘rganishga) qaror toptirishning didaktik ta’minotini rejalashtirishasosida takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 2 maydagi 01/11-01/9-294-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktabining 2-4-sinflarida tabiiy fanlarni integratsiyalash mazmunida o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini fanlararo shakllantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish