Sayt test rejimida ishlamoqda

Eshboltaev Iqbol Mamirjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uch va ikki o‘lchamli elektronlar sistemalarida ko‘p fotonli yutilish va siljishli fotogal`vanik effektlarning nazariy tadqiqi», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM202.

Ilmiy rahbar: Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.28.02.2018.FM.60.01.

Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abudug‘afur Teshabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Dadamirzaev Muhammadjon Gulomkodirovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: uch o‘lchamli (hajmiy yarimo‘tkazgich) va ikki o‘lchamli elektronlar tizimi (potensial o‘rali struktura)da optik hodisa­larning va simmetriya markazi bo‘lmagan yarimo‘tkazgichlarda siljishli fotogal`vanik effektning mikroskopik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yarimo‘tkazgichli o‘lchamli kvantlashgan o‘radagi elektron impul`sining relaksatsiya vaqti hajmiy yarimo‘tkazgichlardagi elektronlar impul`sining relaksatsiya vaqtidan miqdoran katta bo‘lishi aniqlangan, past o‘lchamli elektronlar taqsimot funksiyasini aniqlash imkonini beruvchi kinetik tengla­ma hisoblangan;

murakkab zonali yarimo‘tkazgichlarda fotogal`vanik effektning ikki foton bir vaqtda yutilishidagi siljishli mexanizmi kvant mexanikasi qonunlari asosida aniqlangan;

 n-GaPda bir fotonli siljishli foto­tokning chastotaga bog‘liqligi aniqlangan va fototokning nazariy hisoblangan spektral bog‘lanishi tajriba natijalari bilan taqqoslangan;

r-GaAsda to‘rt fotonli yutilish chiziqli sirkulyar dixroizmi mikroskopik nazariya asosida aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Uch va ikki o‘lchamli elektronlar sistemalarida ko‘p fotonli yutilish va siljishli fotogal`­vanik effektlar nazariy tadqiqi asosida:

ikki fotonli siljishli foto totokning spektral va haroratga bog‘lanishi «Kuchli spin orbital o‘zaro ta’sirli past o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarning elektronli xossalari» loyihasida yarimo‘tkazgichlardagi spin orbital o‘zaro ta’sirli optik o‘tishlarda foydalanilgan (Rossiya FA Fizika-texnika institutining 2018 yil 15 martdagi 11217-279x/211.5-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish murakkab valent zonali yarimo‘tkazgich­larda yassi va sirkulyar qutblangan yorug‘lik ta’sirida optik o‘tishlarni hamda spin orbital kengayishni o‘rganishga imkon bergan;

murakkab valent zonali yarimo‘tkazgichlarda to‘rt fotonli yutilishning chiziqli sirkulyar dixroizmi natijalari  2014/1 raqamli «Invastigation of the properties of photodiodes fabricated by coating a conductive polimer on silicon» loyihasida yarimo‘tkazgichli fotodiodlarning past inersion xossalarini o‘rganishda foydalanilgan (Uludag‘ universitetining (Turkiya) HDF(F) ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichli fotoo‘zgartirgichlarning ishlash tezligini orttirishga imkon bergan;

yarimo‘tkazgichli o‘lchamli kvantlashgan potensial o‘radagi elektronlarning akustik fononlarda sochilishi natijalari F2-OT-O-15494 raqamli «Kvant nuqtali getero- va nanotuzilmalardagi eksitonlarni, polya­ronlarni, bipolyaronlarni va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash» loyihasida kvant nuqtali getero- va nanotuzilmalardagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 21 noyabrdagi FTA-02-11/1149-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichli geteroo‘tishlarda eksitonli, polyaronli va kinetik hodisalar ulushlarini taqqoslash imkonini bergan;

murakkab o‘tkazuvchanlik zonali tetraedr simmetriyali yarimo‘tkaz­gichlarda bir fotonli siljishli fototokning tadqiqotlari natijalari F2-21 raqamli «Yarimo‘tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashning matematik modellashtirish» loyihasida ikki o‘lchamli elektronlarning sirt oldi sohalaridagi holatlarini o‘rganishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 21 noyabrdagi FTA-02-11/1149-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgich-dielektrik kontaktlar sohasidagi sirtning holatlarini aniqlashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish