Sayfullaeva Nazokat Qobuljonovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Makkajo‘xori hosildorligi va donining sifat ko‘rsatkichlariga gerbisidlarni qo‘llash me’yorlarining ta’siri”, 06.01.08- O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx424
Ilmiy rahbar: Turdieva Nilufar Mo‘minovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Andijon qishloq ho‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaboev Zuxriddin Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Charshanbiev Umurzoq Yuldashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyatining o‘tloqi‒bo‘z tuproqlari sharoitida makkajo‘xorining ertapishar navlar misolida «NS 205 F1» duragayi va o‘rtapishar navlari misolida «Moldavskiy 215 AMV» navini asosiy ekin sifatida ekib, undan yuqori don hamda ko‘k massa hosili etishtirishda bir yillik va ko‘p yillik, bir pallali hamda ikki pallali begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurash tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Namangan viloyatining o‘tloqi‒bo‘z tuproqlari sharoitida makkajo‘xorining ertapishar va o‘rtapishar navlarini asosiy ekin sifatida etishtirishda bir yillik va ko‘p yillik, bir pallali va ikki pallali begona o‘tlarga qarshi gerbisid turlarini qo‘llash muddatlari va me’yorlari ilmiy va amaliy jixatdan asoslangan;
Makkajo‘xori navlari urug‘larini ekish bilan birga begona o‘tlarga qarshi Super stomp 33% em.k. gerbisidini 3,0 l/ga me’yorida qo‘llash bir yillik boshoqli va ikki pallali begona o‘tlarni 86,6 foizgacha nobud qilishi isbotlangan;
Makkajo‘xori navlarini 2‒3 barg chiqarish davrida begona o‘tlarga qarshi Elyumis 105 gerbisidini 1,0 l/ga me’yorida qo‘llash bir yillik boshoqli va ikki pallali begona o‘tlarni 88,6 foizgacha, bir va ko‘p yillik g‘allasimon begona o‘tlarni 89,1 foizgacha nobud bo‘lishini ta’minlagan;
Makkajo‘xori navlari urug‘larini ekish bilan birga Super stomp 33% em.k. gerbisidini 3,0 l/ga me’yorida qo‘llash don hosildorligini 63,0‒63,7 s/ga, ko‘k massa hosildorligini 427,0‒430,7 s/ga, rentabellik ko‘rsatkichini 162,7‒165,8 foizga, 2‒3 barg chiqarish davrida Elyumis 105 gerbisidini 1,0 l/ga me’yorida qo‘llash don hosildorligini 66,0‒67,0 s/ga, ko‘k massa hosildorligini 437,0‒440,0 s/ga, rentabellik ko‘rsatkichini 174,7‒176,1 foizga yuqori bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilganligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyati sharoitida makkajo‘xorining ertapishar va o‘rtapishar navlarini asosiy ekin sifatida etishtirishda bir yillik va ko‘p yillik, bir pallali hamda ikki pallali begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurash tadbirlarini qo‘llash muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Makkajo‘xori dalalarida begona o‘tlarga qarshi kurash” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 07/33–04/2250–son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida makkajo‘xori navlarini asosiy ekin sifatida ekib, yuqori don va ko‘k massa hosili etishtirishda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
makkajo‘xori urug‘larini ekish bilan birga Stomp gerbisidini 4,0 l/ga, Super stomp 33% em.k gerbisidini 3,0 l/ga, makkajo‘xorini o‘suv davrida (2‒3 barg chiqargan vaqtida) Milodar duo gerbisidini 1,2 l/ga, Elyumis 105 gerbisidini 1,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Namangan viloyatining Uychi tumanida 29 gektar maydonga, Mingbuloq tumanida 56 gektar maydonga, Chortoq tumanida 35 gektar maydonga, jami 120 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 07/33–04/2250–son ma’lumotnomasi). Natijada makkajo‘xori urug‘larini ekish bilan birga Super stomp 33% em.k gerbisidini 3,0 l/ga, makkajo‘xorini o‘suv davrida (2‒3 barg chiqargan vaqtida) Elyumis 105 gerbisidini 1,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash orqali yuqori samaradorlikka erishilgan;
makkajo‘xori urug‘larini ekish bilan birga Stomp gerbisidini 4,0 l/ga, Super stomp 33% em.k gerbisidini 3,0 l/ga, makkajo‘xorini o‘suv davrida (2‒3 barg chiqargan vaqtida) Milodar duo gerbisidini 1,2 l/ga, Elyumis 105 gerbisidini 1,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Namangan viloyatining Uychi, Mingbuloq, Chortoq tumanlarida jami 120 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 07/33–04/2250–son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy usulda etishtirilgan makkajo‘xori maydonlariga nisbatan gektaridan “NS 205 F1” duragay navidan 64,0 sentner, “Moldavskiy 215 AMV” navidan 67,0 sentner qo‘shimcha don hosili olinib, rentabelligi 29 foizgacha ortganligi aniqlangan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish