Niyozov Quvonchbek Xolmirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er monitoringini yuritish uchun raqamli kartalarni tuzish texnologiyasi va uslubini takomillashtirish (Farg‘ona viloyati misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx865
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Sarvar Narzullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Reymov Nietbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Narbaev Sharafatdin KenGEShovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Geografik axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini monitoring qilish uchun raqamli xaritalar yaratish va shular asosida mobil ilovadan foydalanib navigatsion s’yomka ishlarini amalga oshirish hamda dala ishlarini server orqali jamlab borish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi yerlari raqamli xaritalarida *.shape, *.KML yoki *.KMZ formatli qatlamlarini GPS/GNSS sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasiga yuklash orqali dala s’yomka ishlarini yuritish asoslangan; 
qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringini yuritish jarayonida GSM tarmog‘ini ArcGIS dasturiy ta’minoti yordamida geoma’lumotlar bazasiga integrasiya qilish afzalligi asoslangan; 
«tanlangan obekt» ortofotoplani > ArcGIS dasturi > GNSS geodezik qurilmasi > «tanlangan obekt»ga chiqib deshifrovka qilish ketma-ketligi mexanizmi asosida qishloq xo‘jaligi yerlari elektron raqamli xaritalarini tuzish usuli takomillashtirilgan; 
qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringini yuritishda ma’lumotlardan onlayn va offlayn foydalanish imkonini beradigan mexanizm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyatida yer monitoringini yuritish uchun raqamli kartalarni tuzish texnologiyasi va usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi yerlarining 1:10 000 masshtabdagi mavjud elektron raqamli xaritalarini deshifrovka qilish asosida yangilash usuli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-yanvardagi 04/28-28-06/3-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar qishloq xo‘jaligi kartalarini tezkor yaratish va yangilash imkonini bergan;
GSM tarmog‘i yordamida joylarda olib boriladigan monitoring ishlarini geoma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish usuli va yerdan foydalanuvchilar kesimida navigatsion s’yomka qilish usuli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-yanvardagi 04/28-28-06/3-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha yer monitoringi ishlarini nazorat qilish va tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini monitoring qilish uchun “Land Surveying” mobil ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-yanvardagi 04/28-28-06/3-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini monitoring qilishda mutaxassislar tomonidan mobil ilova yordamida tezkor va shaffof amalga oshirishga imkon bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish