Raxmatov Norkobulning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Daryodan suv oluvchi inshootning ekspluatatsiya samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslari», 05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
№ B 2023.4. DSc / T123.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor,. B.M. Shakirov (05.09.06); texnika fanlari doktori, professor, R. Xujaqulov (05.09.06); texnika fanlari doktori professor, Ergashov (05.09.06);
Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura - qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Daryodan suv oluvchi lokal inshoot samaradorligini oshirish, global tizimli gidrotexnika inshootlarni boshqarish texnologiyasini takomillashtirish va ularning ekspluatatsiyasiga oid ma’lumotlarni yig‘uvchi kompyuter dasturini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
daryodan suv oluvchi lokal inshoot yoniga o‘rnatiladigan rostlovchi inshoot-ning samaradorligini oshirish maqsadida rostlovchi inshootni takomillash-gan konstruksiyasi yaratilgan;
takomillashgan rostlovchi inshootni konstruktiv parametrlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
takomillashgan rostlovchi inshootni loyihalash uchun kompyuterda hisoblash dasturlari yaratilgan;
zamonaviy aloqa vositalariga asoslangan holda global tizimli gidrotex-nika inshootlaridan ma’lumotlarni yig‘ish texnologiyasini takomillash-tirilgan;
gidrotexnika inshootlarini avtomatizatsiya – telemexanizatsiya usulda boshqarish texnologiyasi takomillashtirilgan;
gidropostlar va inshootlardan olinadigan ma’lumotlarni to‘plash, taxlil qilish va saqlash uchun kompyuter texnologiyasiga asoslangan “Ma’lumotlar bazasi” dasturi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
lokal suv oluvchi inshoot yoniga o‘rnatiladigan kumiluvchan rostlovchi inshootning takomillashgan konstruksiyasi Guliston suv inshootlari va Do‘stlik kanali boshqarmasi tasarufidagi ob’ektda qo‘llanildi (Suv xo‘jalik vazirligining 2023 yil 14 - martidagi № 03/37 – 791 sonli ma’lumotnomasi). Natijada himoyalanayotgan qirg‘oqning yuvilishga nisbatan mustaxkamligi 1,5...2,0 marotaba ortgan;
gidrotexnika inshootlarni avtomatizatsiyalash va dispetcherizatsiyalash usulda kompyuterda boshqarish uchun tuzulgan dasturlar Yuqori Chirchiq gidrouzelida joriy etild. (Suv xo‘jalik vazirligining 2023 yil 14 – martidagi № 03/37 – 791 sonli ma’lumotnomasi). Natijada gidrotexnika inshootlarini avtomatik va dispetcheriza-siyalashgan usulda boshqarishga o‘tkazish orqali ularda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi – xizmatchilarning mexnati engillashadi va inshootdan o‘tayotgan suv sarfini aniqlashdagi nisbiy farq ko‘rsatgichi 1,8 % gacha bo‘lishiga (amalda 5...6 %) erishildi. Daryodan olinayotgan suvning aniqlik darajasini ortishi hisobiga inshoot orqali olinayotgan suv sarfi miqdori 3...4 % ga tejalgan;
“Yuqori Chirchiq gidrouzeli ekspluatatsiyasi bo‘yicha ko‘rsatmalar” Yuqori Chirchiq gidrouzellar boshqarmasida qo‘llanilmoqda (Suv xo‘jalik vazirligining 2023 yilning 14 - martidagi № 03/37 – 791 sonli ma’lumot-nomasi). Natijada gidrouzeldan ishonchli, xavfsiz va samarali foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan.