Ashurova Sanobarxon Yuldashevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetentli-modulli yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped548.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Choriev Ruzimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetentli-modulli yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni va metodologiyasi bo‘lajak mutaxassislarda texnologik jarayonlarni bajarish, bilimlarni real ish o‘rnida qo‘llash, akademik bilimlar va amaliy ko‘nikmalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashga qaratilgan kompetentli-modulli yondashuv asosida modulli o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich o‘tish algoritmini (kasbiy va umumiy kompetensiyalar, funksional xarita) tatbiq etish asosida aniqlashtirilgan;
kompetentli-modulli yondashuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash, tashkil etish, zaruriy kompetensiyalarni belgilash va kompetentli-modulli o‘quv dasturlarini yaratishda kompleks didaktik maqsaddan integratsiyalovchi didaktik maqsadlarni ajratib olish natijasida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli takomilashtirilgan;
kompetentli-modulli yondashuv asosida kasbiy fanlarni funksional vazifalarini aniqlash orqali o‘quv modullarini mantiqiy bloklarga ajratish prinsiplari ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompetensiyaga asoslangan ta’limning dinamik o‘zgaruvchan talablari (uzlyuksiz kasbiy rivojlanish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirib borish) asosida takomillashtirilgan;
kompetentli-modulli yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan modulli ta’lim texnologiyasi “Kollaborativ” texnologiya, “Muloqot” texnologiyasi, “Konsensus va konfrontasiya” texnologiyalarni hamda “Sinektika”, “Diskret dinamika”, “Menga so‘z bering” metodlari va markazida o‘quvchi bo‘lgan ta’lim shakllarini maqsadli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini kompleks baholashninng didaktik ta’minoti ko‘p mezonli testlar, kognitiv faoliyatni baholovchi testlar, ijodiy faollikni oshirishga va baholashga qaratilgan topshiriqlar to‘plami, grafikaviy mustaqil topshiriqlar (libos eskizlarini yaratish, fakturani yaratish, dizayn yaratish), amaliy xarakterdagi mustaqil topshiriqlar majmuini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetentli-modulli yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
professional ta’limda mehnat bozori ehtiyojlari asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirish, bo‘lajak mutaxassislarda texnologik jarayonlarni bajarish, bilimlarni real ish o‘rnida qo‘llash, akademik bilimlar va amaliy ko‘nikmalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashga qaratilgan kompetentli-modulli yondashuvni qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar “Yoshlar va xotin-qizlarni bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi (2021-2022 yy) ilmiy innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 18 maydagi 4/17-18/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur, amaliy takliflar o‘quvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish hamda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
kompetentli-modulli yondashuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash, tashkil etish, zaruriy kompetensiyalarni belgilash va kompetentli-modulli o‘quv dasturlarini yaratishda kompleks didaktik maqsaddan integratsiyalovchi didaktik maqsadlarni ajratib olish natijasida modulli ta’limga asoslangan o‘quv dasturi ishlab chiqishga oid takliflar “Yoshlar va xotin-qizlarni bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi (2021-2022 yy) ilmiy innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 18 maydagi 4/17-18/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur, takliflar professional ta’limda mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
kompetentli-modulli yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan modulli ta’lim texnologiyasini joriy qilishda “Kollaborativ” texnologiya, “Muloqot” texnologiyasi, “Konsensus va konfrontasiya” texnologiyasi, “Sinektika”, “Diskret dinamika”, “Evristik metod”, “Menga so‘z bering” metodlarini hamda markazida o‘quvchi bo‘lgan ta’lim shakllari(interfaol ta’lim) qo‘llashga oid metodik ishlanmalar “Yoshlar va xotin-qizlarni bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi (2021-2022 yy) ilmiy innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 18 maydagi 4/17-18/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur, o‘quv-didaktik ta’minot professional ta’lim muassasalarida kasbiy fanlarni modulli ta’lim tamoyillari asosida o‘qitishga xizmat qilgan;
kasbiy kompetensiyalarni baholashga qaratilgan ko‘p mezonli testlar, kognetiv faoliyatni baholovchi testlar, ijodiy faollikni oshirishga va baholashga qaratilgan topshiriqlar to‘plami, grafikaviy mustaqil topshiriqlar (libos eskizlarini yaratish, fakturani yaratish, dizayn yaratish), amaliy xarakterdagi mustaqil topshiriqlar majmui “Yoshlar va xotin-qizlarni bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi (2021-2022 yy) ilmiy innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 18 maydagi 4/17-18/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur, kasbiy fanlaridan yaratilgan elektron dastur, metodik qo‘llanmalar, intellektual va integrativ topshiriqlar professional ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishning metodik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.