Atamuratova Nurzada Bayramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida axborot xizmatlarini rivojlantirish masalalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm sohasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisoyiyot tarmoqlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1656.
Ilmiy rahbar: Adilchaev Rustem Tursinbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatillo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Mohinur Ravshanbekovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasida axborot xizmatlarini, xususan turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy uslubiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarni raqamli rivojlantirish darajasini reyting baholash axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet va mobil aloqa, ta’lim va kadrlar, dasturiy mahsulot, raqamli iqtisodiyotga oid ma’lumotlar orqali shakllantiriluvchi turli indekslardan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
hududlarni raqamli rivojlantirish darajasini reyting baholashda shaharlar va qishloqlar orasidagi raqamli rivojlanishning tafovut darajasi ko‘rsatkichidan foydalanish asosida qishloq joylari va olis hududlarda raqamli axborot xizmatlarini kengaytirishni ragʼbatlantirish taklifi asoslangan;
turistlar uchun mahalliy hududdagi turistik, biznes va infratuzilma obektlari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni onlayn rejimda taqdim etishga yo‘naltirilgan “Qasımda” elektron platformasi asosida raqamli xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik xizmatlar sohasi rivojlanishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2026-yilga mo‘ljallangan turistik xizmatlar hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida axborot xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
hududlarni raqamli rivojlantirish darajasini reyting baholash axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va mobil aloqa, taʼlim va kadrlar, dasturiy mahsulot, raqamli iqtisodiyotga oid ma’lumotlar orqali shakllantiriluvchi turli indekslardan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi ish faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining 2022-yil 20-yanvardagi №13-21-29-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekistonda hududlarni raqamli rivojlanish darajasini reytingli baholash Nizom”ida hududlarni raqamli rivojlanish darajasini baholash indeksi ko‘rsatkichlarida taklif etilgan barcha parametrlar inobatga olinganligi sababli hududlarning raqamli rivojlanish indekslarining aniqroq hisoblanishiga erishilgan;
hududlarni raqamli rivojlantirish darajasini reyting baholashda shaharlar va qishloqlar orasidagi raqamli rivojlanishning tafovut darajasi ko‘rsatkichidan foydalanish asosida qishloq joylari va olis hududlarda raqamli axborot xizmatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika qo‘mitasi ish faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika qo‘mitasining 2021-yil 8-sentyabrdagi №01/2-11-09-993-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1,2 mlrd. so‘m iqtisodiy samara olinib, hududlarni raqamli rivojlanish darajasini reytingli baholash tizimini takomillashishga erishilgan;
turistlar uchun mahalliy hududdagi turistik, biznes va infratuzilma obektlari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni onlayn rejimda taqdim etishga yoʼnaltirilgan “Qasımda” elektron platformasi asosida raqamli xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi №02-14/04-2274-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi aholiga axborot xizmatlarini ko‘rsatish va kompyuter dasturlarini ishlab chiqish maqsadida “Qasimda” MChJ korxonasi ochish, yangi ishlab chiqilgan platforma orqali turistlarga mintaqadagi turistik obektlar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, shu jumladan, banklar, davlat idoralari, universitetlar, maktablar, savdo do‘konlari va boshqalar to‘g‘risida xaritalashtirilgan ma’lumotlar taqdim etish imkonini yaratgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik xizmatlar sohasi rivojlanishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2026-yilga mo‘ljallangan turistik xizmatlar hajmining prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan istiqbol dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi №02-14/04-2274-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirishga ta’sir qiladigan omillarni tahlil qilish hamda 2026-yil yakuniga kelib turistik xizmatlar hajmini 300,0 mlrd. so‘mga qadar etkazish imkonini yaratgan.