Chorieva Dilsabo Normamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog‘onasimon plug parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3745       
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Normirzaev Abduqayum Raximberdievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi disksimon burchakkeskichli pog‘onasimon plugning konstruksiyasi va parametrlarini asoslash orqali dalalarni shudgorlashda energiyatejamkorlik va yuqori ish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sferik disk ko‘rinishidagi burchakkkeskich va palaxsani o‘z egati chegarasida 180º ga ag‘daradigan korpuslarlardan tashkil topgan pog‘onasimon plugning konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni talablar darajasida sifatli shudgorlash va kam tortishga qarshilikni ta’minlashini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
sferik disk ko‘rinishidagi burchakkeskichning parametrlari palaxsaning ratsional shakli va uni o‘z egati chegarasida sifatli ag‘darilishini hisobga olingan holda aniqlangan;
disksimon burchakkeskich va korpus orasidagi bo‘ylama va  ko‘ndalang masofalar palaxsaning deformatsiyalanish zonasi disksimon burchakkeskichning konstruktiv elementlariga etib bormaslik shartidan aniqlangan;
plug korpuslari orasidagi bo‘ylama masofa va ochiq egat kengligi palaxsalarni o‘z egati chegarasida sezilarli deformatsiyalanmasdan ochiq kesish sharoitida    180º ga to‘liq ag‘darilishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog‘onasimon plugning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tekis shudgorlaydigan plugga Rossiya Federatsiyasi intellektual mulk bo‘yicha Federel xizmatining foydali modelga patenti olingan (“Tekis shudgorlaydigan plug”, RU №207103-2021 y.). Natijada disksimon burchakkeskichli pog‘onasimon plugning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
disksimon burchakkeskichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog‘onasimon plug Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 23-maydagi 05/28-05/2413-son ma’lumotnomasi). Natijada dalalarni shudgorlashda yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 13,54 foizga va foydalanish xarajatlari 14,68 foizga kamayishiga erishilgan;  
disksimon burchakkesgichli egatsiz tekis shudgorlaydigan pog‘onasimon plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 23-maydagi 05/28-05/2413-son ma’lumotnomasi). Natijada dalalarni egatsiz tekis shudgorlaydigan pog‘onasimon plugni sanoat usulida ishlab chiqarishning texnik imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish