Raximov Vladimir Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped21.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Maʼmurov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Musaev Jaxongir Payazovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari asosiy jismoniy-intellektual sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mobilligini bosqichma-bosqich oshirib borish, unifikatsiyalash hamda androgogik ta’lim talablariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli progressiv tashkiliy-pedagogik mexanizmlar ta’sirchanligini innovatsion ta’lim texnologiyalari tamoyillariga ko‘ra oshirish hamda variativ axborot-didaktik resurslarni erkin tanlash prinsiplarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi kreativ-motivatsion, refleksiv-kasbiy ko‘nikmalarni umumiy va farq qiluvchi xususiyatlariga ko‘ra tasniflash, ta’limiy vazifalarga muvofiq maqbul integratsiyalash hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirish va rag‘batlantirishga individual yondashuv parametrlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish didaktik imkoniyatlari sport-sog‘lomlashtirish jarayonining vektorli-dinamik imkoniyatlarini aniqlash, gigienik talablarga barqaror rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanish, oddiy va murakkab jismoniy harakatlarni to‘g‘ri bajarish hamda sog‘lomlashtirish-korreksiyalash faoliyatini individning shaxsiy xususiyatlariga mos maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish monitoringi o‘zini-o‘zi nazorat qilish, ommaviy axborot vositalaridan effektiv foydalanish hamda jismoniy va hissiy zo‘riqish darajalirini aniqlash va tezkor nazorat qilish, shaxsning jismoniy va aqliy harakatlari mutanosibligiga barqaror erishish imkoniyatlarini muntazam hisobiga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari asosiy jismoniy-intellektual sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mobilligini bosqichma-bosqich oshirib borish, unifikatsiyalash hamda androgogik ta’lim talablariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati (sport o‘yinlari)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-015 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli progressiv tashkiliy-pedagogik mexanizmlar ta’sirchanligini innovatsion ta’lim texnologiyalari tamoyillariga ko‘ra oshirish hamda variativ axborot-didaktik resurslarni erkin tanlash prinsiplarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati (sport o‘yinlari)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-015 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning omillarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi kreativ-motivatsion, refleksiv-kasbiy ko‘nikmalarni umumiy va farq qiluvchi xususiyatlariga ko‘ra tasniflash, ta’limiy vazifalarga muvofiq maqbul integratsiyalash hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirish va rag‘batlantirishga individual yondashuv parametrlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati (sport o‘yinlari)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-015 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari o‘quv-metodik ta’minotini boyitish imkoni kengaytirilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish didaktik imkoniyatlari sport-sog‘lomlashtirish jarayonining vektorli-dinamik imkoniyatlarini aniqlash, gigienik talablarga barqaror rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanish, oddiy va murakkab jismoniy harakatlarni to‘g‘ri bajarish hamda sog‘lomlashtirish-korreksiyalash faoliyatini individning shaxsiy xususiyatlariga mos maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati (sport o‘yinlari)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-015 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus mashqlar majmuidan foydalanish samaradorligi oshgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish monitoringi o‘zini-o‘zi nazorat qilish, ommaviy axborot vositalaridan effektiv foydalanish hamda jismoniy va hissiy zo‘riqish darajalirini aniqlash va tezkor nazorat qilish, shaxsning jismoniy va aqliy harakatlari mutanosibligiga barqaror erishish imkoniyatlarini muntazam hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati (sport o‘yinlari)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-015 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada sog‘lom turmush tarzi hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.