Elov Ziyodullo Sattorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda suisidga moyillikni korreksiyalashning psixologik mexanizmlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/P77.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Mullabaeva Nozima Maxmudjanovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent; Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda suisidga moyillikni korreksiyalashning psixologik mexanizmlari bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deviant xulq-atvorli o‘smirlarda suisidga moyillik motivatsiyasini namoyon bo‘lishida xavotirlanishni ijtimoiy pessimism, tajovuzkorlikni affektivlik, maksimalizm bilan integratsiyasi tufayli differensial farqlarning mavjudligi asoslangan;
o‘smirlarning ijtimoiy moslashishida o‘zini-o‘zi, boshqalarni qabul qilish, emotsional komfort, internallik, ustunlikka intilish xususiyatlarini ustivorligi tufayli suisidal xulq motivlariga korreksion ta’sir etish usullari asoslangan;
suisdiga moyilligi mavjud o‘smirlarda agressiv xulqning diffensial namoyon bo‘lishi tufayli hissiy-konativ komponentning ustuvorligi isbotlangan;
o‘smirlarda suisidial xulqqa moyillik motivlarini namoyon bo‘lishiga sub’ektiv lokus nazoratning ta’siri natijasida o‘g‘il bolalarda internal lokus, hayotdan qoniqish indeksining yuqoriligi, qizlarda o‘z-o‘ziga beradigan baho hamda hayotdan qoniqish indeksining yuqoriligi tufayli gender farqlarning namoyon bo‘lishi isbotlangan;
deviant xulq-atvorli o‘smirlarda suisidal xulq motivlarini korreksiyalashda o‘zini-o‘zi anglash, axloqni konstruktiv o‘zgarishi, o‘zini va boshqalarni qabul qilish xususiyatlarini shakllantirish muhimligi tufayli “faoliyatli” “qadriyatli” yo‘nalishidagi adaptiv ta’sirni kuchaytirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda suisidga moyillikni korreksiyalashning psixologik mexanizmlari psixologik mexanizmlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
deviant xulq-atvorli o‘smirlarda suisidga moyillik motivatsiyasini namoyon bo‘lishida xavotirlanishni ijtimoiy pessimism, tajovuzkorlikni affektivlik, maksimalizm bilan integratsiyasi tufayli differensial farqlarning mavjudligi asoslanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 09-iyuldagi PM31-sonli buyrug‘i bilan «Deviant xulq-atvor psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 06-iyuldagi PM31m-son ma’lumotnomasi). Natijada deviant xulq-atvorli o‘smirlarning suisidga moyillik motivatsiyasinidagi differensial farqlar aniqlangan;
o‘smirlarning ijtimoiy moslashishida o‘zini-o‘zi, boshqalarni qabul qilish, emotsional komfort, internallik, ustunlikka intilish xususiyatlarini ustuvorligi tufayli suisidial xulq motivlariga korreksion ta’sir etish usullari asoslanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 09-iyuldagi PM31-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 06-iyuldagi PM31m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarning hissiy emotsional holatlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va pedagogik-psixologik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;
suisidga moyilligi mavjud o‘smirlarda agressiv xulqning diffensial namoyon bo‘lishi tufayli hissiy-konativ komponentning ustuvorligi isbotlanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 09-iyuldagi PM31-sonli buyrug‘i bilan «Deviant xulq-atvor psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 06-iyuldagi PM31m-son ma’lumotnomasi). Natijada deviant xulq-atvorli o‘smirlardagi suisidal holatlarni tadqiq qilishning metodik apparatini takomillashtirish orqali suisid motivatsiyasi shakllanishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar tizimi aniqlashtirilgan;
o‘smirlarda suisidial xulqqa moyillik motivlarini namoyon bo‘lishiga sub’ektiv lokus nazoratning ta’siri natijasida o‘g‘il bolalarda internal lokus, hayotdan qoniqish indeksining yuqoriligi, qizlarda o‘z-o‘ziga beradigan baho hamda hayotdan qoniqish indeksining yuqoriligi tufayli gender farqlarning namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 09-iyuldagi PM31-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 06-iyuldagi PM31m-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda deviant xulq-atvorni bartaraf etishda ijtimoiy-psixologik xizmatning shaxs tuzilishi o‘zgarishidagi ta’sirini empirik jihatdan tadqiq qilishni ta’minlashga erishilgan;
deviant xulq-atvorli o‘smirlarda suisidal xulq motivlarini korreksiyalashda o‘zini-o‘zi anglash, axloqni konstruktiv o‘zgarishi, o‘zini va boshqalarni qabul qilish xususiyatlarini shakllantirish muhimligi tufayli “faoliyatli” “qadriyatli” yo‘nalishidagi adaptiv ta’sirni kuchaytirish zarurati asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 09-iyuldagi PM31-sonli buyrug‘i bilan «Deviant xulq-atvor psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 06-iyuldagi PM31m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda deviant xulq-atvorni oldini olishga qaratilgan psixokorreksion trening mashg‘ulotlari dasturi yaratilgan.