Sulaymonova Gulnoza To‘lqinjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipertoniya kasalligi qandli diabet bilan birga kechganda podotsitlar disfunksiyasi va tubulointerstisial jarayonlarini erta tashxislash va davolash samaradorligini baholash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1410.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gipertoniya kasalligi qandli diabet bilan komorbid holatda va ular alohida kechganda podotsitlar disfunksiyasi hamda tubulointerstisial skleroz orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni nefrinuriya, aldosteron va IV-tip kollagen darajalari yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipertoniya kasalligi va qandli diabet bilan birga kechganda nefropatiya rivojlanishida podotsitlar disfunksiyasining ko‘rsatgichlari kasallik darajalarini belgilashning laborator mezoni ekanligi asoslangan;
gipertoniya kasalligi va qandli diabet birgalikda kechganda nefrinuriya darajasi bilan qonda al`dosteron ko‘rsatkichi, siydikda IV-tip kollagen ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
2 tip qandli diabet va gipertoniya kasalligi birga kechgan bemorlarda rivojlangan SBK da podotsitlar disfunksiyasi va IV-tip kollagen bir-biriga kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatib nefropatiya jarayonlarini jadallashtirishi isbotlangan;
Nefrinuriya, IV-tip kollagen va qondagi al`dosteron darajasi buyraklar funsional holatiga salbiy ta’sir etishi aniqlanib, erta amalga oshirilgan gipotenziv hamda nefroprotektiv muolajalar nefrinuriya darajasi, fibroz markerlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 8 iyuldagi 23-Z/045-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi 2-tip qandli diabet bilan birga kechganda surunkali buyrak kasalligining klinik belgilari mavjud bo‘lmagan bemorlarda nefrinuriya, al`dosteron va IV-tip kollagen yordamida buyraklar disfunksiyasi hamda tubulointerstisial jarayonlarini erta aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 17.02.2022 yildagi 61-sonli buyruq xamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 25.02.2022 yildagi 113-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi va qandli diabet birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash va surunkali buyrak kasalligi darajasini belgilashda kasallik avj olishi va asoratlanishini prognozlovchi klinik – laborator markerlarining axamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini berdi va erta tashxisot natijasida dializga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi va qandli diabet birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash SBK ni 1-2 bosqichlarida tashxislash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 2 112 008 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: gipertoniya kasalligi va qandli diabet birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida tashxislash natijasida besor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir bemor uchun byudjet hisobidan 1 214 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 898 008 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sulaymonova Gulnoza Tulkinjonovnaning «Gipertoniya kasalligi qandli diabet bilan birga kechganda podotsitlar disfunksiyasi va tubulointerstisial jarayonlarini erta tashxislash va davolash samaradorligini baholash» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4- iyuldagi 01-368 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi 2-tip qandli diabet bilan kechganda SBKning klinik belgilari mavjud bo‘lmagan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini aniqlashni erta markerlari sifatida mikroalbuminuriyadan emas balki nefrinuriyadan foydalanish va bu ko‘rsatgichning fibroz darajasini ko‘rsatuvchi IV-tip kollagen bilan munosabatini aniqlash maqsadga muvofiqligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 17.02.2022 yildagi 61-sonli buyruq xamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 25.02.2022 yildagi 113-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda gipertoniya kasalligi va qandli diabet komorbid holda kechganda bemorlardagi nefrinuriya darajasi bilan qonda al`dosteron ko‘rsatkichi, siydikda IV-tip kollagen ko‘rsatkichlari o‘rtasida musbat korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi, bu tekshirish usullarini nefropatiyani erta aniqlashda qo‘llash, klinik belgilari mavjud bo‘lmagan buyrak shikastlanishini laborator mezonlar asosida tashxislash orqali 80-85% hollarda SBK ni dastlabki darajalarda davolash, nogironlik va gemodializga bo‘lgan muhtojlikni kamaytirish bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gipertoniya kasalligi va qandli diabet birgalikda kechganda nefrinuriya darajasi bilan qonda al`dosteron ko‘rsatkichi, siydikda IV-tip kollagen ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, SBK erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqararishi hisobidan har bir bemorga bir yilda byudjet hisobidan 658 134 so‘m, byudjetdan tashqari 318 126 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: gipertoniya kasalligi va qandli diabet birgalikda kechganda nefrinuriya darajasi bilan qonda al`dosteron ko‘rsatkichi, siydikda IV-tip kollagen ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlar asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir bemordan 976 260 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sulaymonova Gulnoza Tulkinjonovnaning «Gipertoniya kasalligi qandli diabet bilan birga kechganda podotsitlar disfunksiyasi va tubulointerstisial jarayonlarini erta tashxislash va davolash samaradorligini baholash» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4- iyuldagi 01-368 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: 2 tip qandli diabet va gipertoniya kasalligi birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanish mexanizmida buyrak koptokchalari shikastlanishi oqibatida siydikda ajralgan nefrin miqdori tubulointerstisial tizimdagi IV-tip kollagen miqdori oshishiga olib keladi va bu o‘z navbatida buyrak fibrozini kuchaytirishi va buyrak etishmovchiligi rivojlanishini bashoratlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 17.02.2022 yildagi 61-sonli buyruq xamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 25.02.2022 yildagi 113-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2 tip qandli diabet va gipertoniya kasalligi komorbid holatda kechganda nefrinuriya va siydikdagi IV-tip kollagen miqdori oshishi aniqlanishi bemorlarda buyrak fibrozi rivojlanishini bashoratlaydi va bu ko‘rsatgichlarni o‘z vaqtida korreksiyalash kasallik zo‘rayib borishi oldini oladi va asoratlanishini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya va qandli diabet birga kechgan bemorlarda nefrinuriya va siydikdagi IV-tip kollagen miqdori oshishini aniqlash orqali buyrak ikkilamchi fibrozi bashoratlanganda bemorlarning 30-32% da samarali konservativ davo oqibatida dializ muolajalari bajarilmaydi. Shu xisobdan bir bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 4 812 304 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Gipertonik va diabetik nefropatiyada buyrak fibrozini erta aniqlash orqali bir bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 4 812 304 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishi bilan birga 30-32% bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati darajasi oshgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sulaymonova Gulnoza Tulkinjonovnaning «Gipertoniya kasalligi qandli diabet bilan birga kechganda podotsitlar disfunksiyasi va tubulointerstisial jarayonlarini erta tashxislash va davolash samaradorligini baholash» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4- iyuldagi 01-368 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: angiotenzinni aylantiruvchi ferment ingibitori vakili enalopril va angiotenzin reseptorlari antogonisti vakili telmisartanlarning nefrinuriya hamda kollagen IV ko‘rsatkichlariga ta`siri preparatlarni o‘rganilgan guruh kasalliklarida nafaqat gipotenziv balki erta nefroprotektiv ta`sir etuvchi muolajalarini kiritish bemorlar nefropatiyani samarali davolash darajasini oshirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 17.02.2022 yildagi 61-sonli buyruq xamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 25.02.2022 yildagi 113-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • gipertoniya va qandli diabet kasalligi birga kechganda nefropatiya rivojlanishini klinik belgilar namoyon bo‘lmasdan turib aniqlash buyrak fibrozi rivojlanishi oldini olishda muhim ahamiyatga ega. • bu bemorlarda nefroprotektiv davo choralarini olib borish 30-32% hollarda gemodializ muolajalarini cheklash imkonini yaratadi. • bemorlarning hayot sifati darajasi oshishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi va qandli diabet birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash SBK ni 1-2 bosqichlarida tashxislash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hsobidan har bir bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 2 112 008 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: gipertoniya kasalligi va qandli diabet birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir bemor uchun byudjet hisobidan 1 214 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 898 008 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sulaymonova Gulnoza Tulkinjonovnaning «Gipertoniya kasalligi qandli diabet bilan birga kechganda podotsitlar disfunksiyasi va tubulointerstisial jarayonlarini erta tashxislash va davolash samaradorligini baholash» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4- iyuldagi 01-368 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish