Salixova Kamola Shavkatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta neonatal davrda kritik holatni o‘tkazgan bolalar sog‘lig‘ini baholash, bashoratlash va reabilitatsiya qilishning kompleks tizimi», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib54.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Dilorom Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazliddin Sayfievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dilmuratova Klara Ravshanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kritik holatni o‘tkazgan chaqaloqlar neonatal davri va hayotining birinchi yilida tashxislash, davolash va bashoratlash klinik-patogenetik mezonlarini qamrab oluvchi tibbiy yordam ko‘rsatishning kompleks tizimini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqaloqlardagi kritik holatlar va ularinig oqibatlarini rivojlanishini klinik, biokimyoviy va immunologik tashxislash me’zonlari ishlab chiqilgan;
chaqaloqlarda kritik holatlar va ularning oqibatlari rivojlanishida eng ahamiyatli perinatal va intranatal omillar (onalardagi o‘rta va og‘ir darajadagi kamqonlik, yurak qon-tomir kasalliklari, preeklampsiya va yo‘ldosh ko‘chishi) hamda neonatal omillari (gestatsion yosh, tana vazni, og‘ir asfiksiya, respirator distress-sindromi va SOFA shkalasinig yuqori ko‘rsatkichlari) aniqlangan;
chaqaloqlarda PAES rivojlanishida immunologik (IL–1β, IL–4, IL–6 va FNO–α sitokinlar) hamda biokimyoviy (erkin radikal oksidlanuvchi va antioksidant sistemasi mahsulotlari, neyrospesifik enolaza, gemostaz ko‘rsatkichlari) markerlari aniqlangan;
neonatal davrda kritik holatni o‘tkazgan bolalar hayotining birinchi yilida jismoniy va psixomotor rivojlanishida ortda qolishi hamda somatik kasalliklarni shakllanishida kamqonlik, MNT, nafas olish a’zolari va oshqozon-ichak tizimi kasalliklari ustunlik qilishi aniqlangan;
erta neonatal davrda PAESni o‘tkazgan bolalar hayotining birinchi yilida disfunksional holatlar va somatik kasalliklar rivojlanishi va kechishini bashoratlashda klinik-biokimyoviy mezonlari ishlab chiqilgan;
neonatal davrda kritik holatni o‘tkazgan bolalarda tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichlarida individual yondashuv asosida davolash va reabilitatsion kompleks tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kritik holatlarda bo‘lgan chaqaloqlarni davolash, tashxislash va reabilitatsiya qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Chaqaloqlarda gemostaz va adaptatsiya mexanizmlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 2 fevraldagi 8nr/07-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usullarning tatbiq etilishi gemostaz buzilish erta tashxislash, ushbu buzilishlarni o‘z vaqtida korreksiya qilish, gemorragik asoratlarni 33% ga va neonatal davrda o‘lim holatini 1,3 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
«Poliorgan etishmovchiligi bo‘lgan chaqaloqlarga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish prinsiplari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 noyabrdagi 8n-r/181-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida chaqaloqlarning statsionarda bo‘lishi 3 o‘rin/kunga, o‘lim holatlari 1,3 barobarga, shuningdek, erta neonatal davrda kritik holatlarni o‘tkazgan bolalar orasida hayotining birinchi yilida kasallanish holatlari 1,6 barobarga kamaygan;
«Eshitish va harakat buzilishlari yuqori xatar guruhiga kiruvchi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolash, tashxislash va reabilitatsiya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 13 apreldagi 8nr/82-son ma’lumotnomasi). Chaqaloqlarga zamonaviy tashxislash usuli–audioskriningni qo‘llash natijasida go‘daklarda eshitish qobiliyatini buzilishi o‘z vaqtida aniqlangan; taklif etilgan davolash usullari bolalarda serebral xalaji rivojlanishini 1,4 barobarga kamaytirgan;
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash muassasalari uchun neonatologiya bo‘yicha milliy qo‘llanma”ga kritik holatdagi chaqaloqlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalari kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Birlashgan millatlar tashkilotini YuNISEF Bolalar jamg‘armasi, 2017). Takliflarning tatbiq etilishi natijasida tug‘ruq muassasalarida chaqaloqlar hayotiga xavf soluvchi omillarni erta aniqlash va chaqaloqlar o‘lim holatlarini 1,3 barobarga kamaytirishga erishilgan;
chaqaloqlarda kritik holatlar va ularning oqibatlarini bashoratlash, tashxislash, davolash va reabilitatsiya usullarining ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent va Xorazm viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 maydagi 8n-z/74-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarni tatbiq etilishi chaqaloqlarning statsionarda bo‘lishini 3 o‘rin/kunga va go‘daklar o‘lim ko‘rsatkichini 1,3 barobarga kamaytirish; neonatal davrda kritik holatni o‘tkazgan bolalarda nogironlikni 1,4 barobarga kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.