Isakova Barno Toxtasinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uvaysiy she’riyatida irfoniy mazmun va “Karbalonoma” dostoni”,  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2874.
Ilmiy maslahatchi: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor; Rafiddinov Sayfiddin Sayfulloh o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Qobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori; Adizova Iqboloy Istamovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Uvaysiyning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni, Nodira lirikasi bilan uyg‘un jihatlarini, ma’rifiy lirikasidagi obrazlar olamini, badiiy mahorat qirralarini ochib berish, “Karbalonoma” dostoni genizisi va  mazkur dostonning Uvaysiy jodida tutgan o‘rnini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uvaysiy she’riyatining o‘z davri va keyingi zamon shoirlari ijodiga g‘oyaviy-badiiy jihatdan ta’sir o‘tkaza olganligi, xususan, Nodira, Mahzuna, Anbar otin, Dilshod Barno kabi etuk shoiralar ijodida shoira lirikasining ta’siri katta ekanligi asoslangan;
shoira an’anaviy g‘azalchilikka ijodiy yondashib, Navoiy, Fuzuliy kabi so‘z san’atkorlari tajribalardan ilhomlanganligi, uning tasavvufiy ruhdagi g‘azallari, ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi chiston, tuyuq, fardlari o‘zbek she’riyatini mazmun jihatdan boyitgani, vazn, qofiya, badiiy san’atlar kabi poetik unsurlardan to‘laqonli foydalanishi shakliy-uslubiy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilganligi aniqlangan;
lirikada talmeh san’atini hosil qiluvchi payg‘ambarlar, valiy zotlar obrazining mohirona qo‘llanilishi Uvaysiy she’riyatida irfoniy mazmun va badiiyat mushtarakligini ta’minlaganligi, tasavvufiy timsol va istilohlar sharhlari orqali shoira she’riyatining ma’rifiy qatlamlari ochib berilgan;  
Uvaysiy she’riyati janrlar rang-barangligi bilan ajralib turishi, uning topishmoq shaklida yaratilgan muvashshahlari, chiston va fardlari adabiyotimizdagi shu janrlar takomilini yuqori cho‘qqiga ko‘targanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Uvaysiy she’riyatida irfoniy mazmun va “Karbalonoma” dostoni” mavzusida erishilgan ilmiy natijalardan:
Uvaysiy she’riyati an’ana va novatorlik uyg‘unlashuvi, shoira she’riyatidagi poetik tasvir, usul hamda vositalar haqidagi ayrim mulohazalar, badiiy adabiyotda “Karbalonoma” mavzusining paydo bo‘lish tarixini tadqiq etish, shuningdek,  Uvaysiy dostonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan baholab, mazkur asarning diniy-ma’rifiy dunyoqarashning boyishidagi ta’sirini asoslash  masalalariga doir ilmiy-nazariy qarashlari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va folklori institutida amalga oshirilgan PZ-20170930220 raqamli “Navoiy qomusini nashrga tayyorlash va chop etish” (2018-2020 olib borilgan) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2023 yil 10 martdagi 3/1255-478 raqamli ma’lumotnomasi).  Alisher Navoiy Uvaysiyning ma’naviy, ijodiy ustozi. U ulug‘ shoir lirik merosini qunt va muhabbat bilan o‘rgangan, o‘zicha uning badiiy mahorat yo‘llarini tadqiq etgan. Ma’lumki, Lutfiy, Navoiy kabi ustoz ijodkorlar adabiy tilning sofligi uchun kurashgan, xalq tilining go‘zal ifodalarini adabiyotga olib kirib ona tilini boyitishgan. O‘zbek adabiyoti tarixidagi ikki buyuk shoir munosabatlarini yorituvchi ilmiy-nazariy xulosalari, navoiyshunoslikka oid turli mavzudagi qator maqolalari va dissertatsiyadan foydalanib keltirilgan bir qator ma’lumotlar loyihaning mazmunan boyitilishiga sabab bo‘lgan;
Uvaysiyning tasavvufiy timsol va istilohlar sharhlari orqali shoira she’riyatining ma’rifiy qatlamlari teranroq ko‘rsatib berilganligi, janrlar rang-barangligi bilan ajralib turishi, uning topishmoq shaklida yaratilgan muvashshahlari, chiston va fardlari adabiyotimizdagi shu janrlar takomilini yuqori cho‘qqiga ko‘targanligining ilmiy-nazariy dalillanganligi, ahli baytga muhabbatni ko‘ylaganligi, dard va musibatni aks ettirgan Karbalo voqeasiga bag‘ishlangan asarlarning turkiy adabiyotda paydo bo‘lish omillari, turkiy “Karbalonoma”lar, xususan, Uvaysiy dostonlarida tarixiy haqiqatning badiiy talqin bilan uyg‘unligi masalasi ochib berilganligi Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasidaO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va folklori instituti O‘zbek mumtoz adabiyoti, XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi hamda Hozirgi adabiy jarayon bo‘limlari hamkorligida amalga oshirilgan OT-FB – 78 raqamli “O‘zbek adabiyoti 100 jildligini nashrga tayyorlash” mavzusidagi (2017-2022 yillarga mo‘ljallangan) fundamental tadqiqoti granti doirasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2023 yil 10 martdagi 3/1255-478 raqamli ma’lumotnomasi). Shoira dostonlarining qo‘lyozma nusxalari o‘zaro qiyoslanib, shakl va mazmundagi farqli jihatlar ham tahlil qilingan monografik tadqiqot, uvaysiyshunoslikka oid turli mavzudagi qator maqolalari alohida e’tibor qaratganligi mazkur amaliy loyihaning metodologik asoslarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish