Ubaydullaeva Mohisadaf Sunnatilla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek qo‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va sahna talqini muammolari”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/San124.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Qodirova Sarvinoz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: To‘laxo‘jaeva Muhabbat Turobovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ismoilov Anvar Hamdamjonovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasining o‘ziga xos rivojlanish jarayonlarini sahna talqinlari bilan hamohanglikda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy qo‘g‘irchoq dramaturgiyasining shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning o‘zgarishi, mafkuraviy tazyiqlar ta’sirida badihago‘ylikka asoslanganligi, hajviy-yumoristik janr yetakchilik qilganligi, o‘zgaruvchan syujet kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi dalillangan;
XX asr yozma qo‘g‘irchoq dramaturgiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari adabiy jarayonda bolalar dramaturgiyasining yuzaga kelishi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib borishi davrlashtirish orqali aniqlangan;
o‘zbek qo‘g‘irchoq dramaturgiyasi repertuar siyosati dramaturgiya va sahnaviy talqinlarni tadqiq etish asnosida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, milliy qahramon aks etgan asarlar, tarjima asarlar va sahnaviy izlanishlar ko‘lamida rivojlangani isbotlangan;
bugungi kun qo‘g‘irchoq dramaturgiyasida ko‘tarilgan mavzularning rang-barangligi turli sahnaviy echimlar va talqin uslubiyatini taqozo qilishi, tarixiy mavzular talqinida yangi shakl va uslubiy izlanishlar olib borilayotganligi qo‘g‘irchoq teatri taraqqiyotini belgilaydigan omil ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek qo‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va sahna talqini muammolari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ajdodlarimiz madaniy-ma’rifiy merosini anglashda,  milliy dramaturgiyaning badiiy jarayonda mavjud an’analarga tayanganligi va jahonda kuzatilayotgan sahnaviy izlanishlarni inobatga olgan holda taraqqiy etishida, bolajonlarning ma’naviy olamini boyitishda, respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining yoshlarga oid islohotlardagi rolini oshirishga xizmat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm Vazirligi tomonidan 2021-yil 17-23-dekabr kunlari o‘tkazilgan “Navoiy siymosi va asarlari sahnada” respublika teatrlari ko‘rik-festivali hamda 2022-yil 5-10-iyun kunlari o‘tkazilgan “Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining XIII ko‘rik-festivali” yuzasidan berilgan taklif va tavsiyalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 3-martdagi 01-11-05-445-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasining badiiy - ifodaviy xususiyatlari tahlil etilgan hamda sahna talqiniga doir yangi uslubiy izlanishlarni amalga oshirishga  xizmat qilgan;
qo‘g‘irchoq dramaturgiyasida mavzular ko‘lami ortib, global, umuminsoniy g‘oyalar, milliy an’ana va qadriyatlar, falsafiy-psixologik mavzular sohaga kirib kelishi, olib borilayotgan islohotlarda zamondosh obrazi talqini masalasining ilgari surilishi, olingan ilmiy natijalardan teatrlarning rivojlanish jarayonlari va bugungi kundagi targ‘iboti bo‘yicha “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Assalom, O‘zbekiston” tonggi dasturining O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri haqidagi lavha va “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatridan tayyorlangan Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan “Maxsus reportaj” ssenariylarini tayyorlashda va suratga olish jarayonida foydalanilgan. (O‘zMTRKning 2022-yil 10-martdagi 04-15/512-son ma’lumotnomasi). Natijalar qo‘g‘irchoq teatrlarning bugungi kundagi repertuari, ijodiy rejalari  haqida tasavvur hosil qilishga,  qo‘g‘irchoq teatrlarning kichik tomoshabinlar tarbiyasidagi o‘rnini oshishiga xizmat qilgan;
bugungi kun qo‘g‘irchoq dramaturgiyasida ko‘tarilgan mavzularning rang-barangligi turli sahnaviy echimlar va talqin uslubiyatini taqozo qilishi, tarixiy mavzular talqinida yangi shakl va uslubiy izlanishlar olib borilayotganligi qo‘g‘irchoq teatri taraqqiyotini belgilaydigan omil ekanligiga oid takliflardan O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatrining adabiy-badiiy bo‘limidagi pesalar arxivini boyitishda va ayrim pesalarni qayta tiklashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 3- martdagi 01-11-05-446-son ma’lumotnomasi). Natijada teatrning arxiv fondi dissertatsiya asosida tanlab olingan ayrim pesalarning yaroqsiz holati tiklanib, elektron nusxasi shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish