Sayt test rejimida ishlamoqda

Yarkulov Axror Yuldashevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sellyuloza efirlari asosidagi kompozisiyalarning fizik-kimyoviy va termodinamik xossalari», 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K1.

Ilmiy rahbar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.

Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gappor, kimyo fanlari doktori, professor; Ro‘zimurodov Olim Norbekovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.

Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: biodegradatsiyalanuvchi polimer-polimer aralashmalar, interpolimer va gibrid organik-noorganik nanokompozisiyalarning termodinamik hamda fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor zol`-gel` usulida olingan gibrid diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozision materiallarning fizik-kimyoviy va termodinamik xossalari aniqlangan;

intermakromolekulyar kompleks va gibrid polimer-kremnezem nanokompozisiyalarda sintez-tuzilish-xossa o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

turli termodinamik nazariyalar va sorbsion modellar asosida polimer aralashmalari, interpolimer hamda gibrid diatsetatsellyuloza-kremnezem nanokompozisiyalardagi suv va benzolning holati ko‘rsatilgan;

polimer-polimer aralashmalar, intermakromolekulyar va gibrid nanokompozision materiallarning polimer eritmalar termodinamikasi hamda aralashish nazariyalari asosida yangi nanokompozision materiallarni yaratish yo‘llari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Zol`-gel` texnologiya asosida sintez qilingan gibrid nanokompozision sorbentlarning sorbsion xususiyatlarini aniqlash hamda og‘ir zaharli metallarning sorbsion-spektroskopik analiz usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish asosida:

diatsetatsellyuloza-kremnezem sistemasi asosida zol`-gel` texnologiya usulida olingan gibrid nanokompozision sorbentlar bilan simob (II), kadmiy (II) va qo‘rg‘oshin (II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullari «Elektrokimyozavod» QKAJ amaliyotiga tatbiq qilingan («Elektrokimyozavod» QKAJning 2016 yil 18 noyabrdagi 415-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida diatsetatsellyuloza-kremnezem sistemasi asosidagi gibrid nanokompozision sorbentlar bilan oqava suvlarni tozalashda samarali natijalar olish imkonini bergan;

turli muhitlarda qo‘llaniluvchi sellyulozaning suvda eruvchan efirlarining sorbsion xossalari tadqiqotining natijalari «Mahalliy xomashyo asosida metall korroziyasi ingibitorlarinining yangi avlodi» (2014–2015 yy.) loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 23 noyabrdagi FTK-0313/838-son ma’lumotnomasi). Natijada metallar korroziyasi oldini oluvchi samarali ingibitorlar yaratish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish