Xolnazarova Dildora Mamatmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish», 13.00.01 -Pedagogika nazariyasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1736.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Aliyarov Ashraf Dauletyarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida huquqiy madaniyatni rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari huquqiy ta’lim va axloqiy tarbiya ishlarini tashkiliy-funksionalligiga ko‘ra yaxlitlash, ijtimoiy hamkorlik aloqalarini milliy an’analarga mos maqsadli kengaytirish hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash tamoyillarini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik infratuzilmani bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish jarayoni me’yoriy-axborot manbalariga murojat etish faolligini ta’limiy maqsadlariga mos oshirish, qonunlarga itoatkorlik va turmush qoidalariga hurmat hissini milliy qadriyatlarga mos ravishda shakllantirish hamda ijtimoiy hayot barqarorligini ta’minlashda huquqiy bilimlarga oid didaktik ta’minotni yaratishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish modeli ta’limning ko‘rgazmali-amaliy, muammoli-kreativ va reproduktiv-evristik mazmunini rivojlantiruvchi-mantiqiy topshiriqlarning tarkibiy elementlariga tashxislashga ko‘ra bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish samaradorligi ma’naviy-motivatsion harakat faolligini oshirish oshirish, fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash, hamda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy treninglar va indvidual topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari huquqiy ta’lim va axloqiy tarbiya ishlarini tashkiliy-funksionalligiga ko‘ra yaxlitlash, ijtimoiy hamkorlik aloqalarini milliy an’analarga mos maqsadli kengaytirish hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash tamoyillarini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik infratuzilmani bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 28-martdagi 02-07-829/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish jarayoni me’yoriy-axborot manbalariga murojat etish faolligini ta’limiy maqsadlariga mos oshirish, qonunlarga itoatkorlik va turmush qoidalariga hurmat hissini milliy qadriyatlarga mos ravishda shakllantirish hamda ijtimoiy hayot barqarorligini ta’minlashda huquqiy bilimlarga oid didaktik ta’minotni yaratishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 28-martdagi 02-07-829/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda huquqiy madaniyatini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish modeli ta’limning ko‘rgazmali-amaliy, muammoli-kreativ va reproduktiv-evristik mazmunini rivojlantiruvchi-mantiqiy topshiriqlarning tarkibiy elementlariga tahlil va tashxislashga ko‘ra bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 28-martdagi 02-07-829/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda huquqiy madaniyatini rivojlantirish samaradorligini monitoringini aniqlashga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish samaradorligi ma’naviy-motivatsion harakat faolligini oshirish oshirish, fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash, hamda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy treninglar va indvidual topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 28-martdagi 02-07-829/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda huquqiy madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish imkoni oshirilgan.