Xo‘jaqulova Nigora Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.04. – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Iqt1350
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar: I.B.Rustamova, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O.Murtazaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dorivor o‘simliklarni etishtirish, qayta ishlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dorivor o‘simliklar xom ashyosini etishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishda xom ashyoning miqdori va sifatini hisobga olgan holda qayta ishlovchi korxonalarning sof foydasini 50 foizgacha bo‘lgan miqdorini xom ashyo etishtiruvchilarga qaytarish mexanizmi asoslangan;
hududlarning ixtisoslashuvi va subektlarning joylashuvini hisobga olgan holda Dehqonobod tumanida “Dorivor o‘simliklar klaster”ini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
hududlarda sanoat korxonalarining kichik shoxobchalarini va konglomerat kooperatsiya infratuzilmasini rivojlantirish asosida “Dorivor o‘simliklar kooperatsiyasi”ni tashkil etish asoslangan;
dorivor o‘simliklar etishtirish samaradorligini klaster tizimini e’tiborga olgan holda oshirish negizida ishlab chiqarishning 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
dorivor o‘simliklar xom ashyosini etishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishda xom ashyoning miqdori va sifatini hisobga olgan holda qayta ishlovchi korxonalarning sof foydasini 50 foizgacha bo‘lgan miqdorini xom ashyo etishtiruvchilarga qaytarish mexanizmi bo‘yicha taklifi “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi hududiy dastur asosida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 5-maydagi 08/05/2045-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 3-oktyabrdagi №05/38-4502-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi №201-sonli “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilganligi va amaliyotga joriy qilish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 6-iyuldagi №03-024/9651-son ma’lumotnomasi, Dehqonobod tumani “EKO COMFORT” x/k ning 2023-yil 3-martdagi va Qamashi tumani “BBU-AZAMAT” x/k ning 2022-yil 29-sentyabrdagi dalolatnomalari). Takliflarning joriy qilinishi, dorivor o‘simliklar xom ashyosini etishtiruvchilar har gektaridan qo‘shimcha 1140 ming so‘m foyda olishiga erishilgan;
hududlarning ixtisoslashuvi va subektlarning joylashuvini hisobga olgan holda Dehqonobod tumanida “Dorivor o‘simliklar klaster”ini tashkil etish taklifi Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan “Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligini istiqbolda rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 5-maydagi 08/05/2045-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 3-oktyabrdagi №05/38-4502-son ma’lumotnomasi, Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 10-martdagi №01-024/388-son ma’lumotnomasi, Dehqonobod tuman hokimligining 2022-yil 4-noyabrdagi 376-4-57-Q/22-sonli Qarori). Natijada, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanlida dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan subektlar faoliyatining sinergetik samaradorligi o‘rtacha 8,0-8,5 foizga oshishi ta’minlandi;
hududlarda sanoat korxonalarining kichik shoxobchalarini va konglomerat kooperatsiya infratuzilmasini rivojlantirish asosida “Dorivor o‘simliklar kooperatsiyasi”ni tashkil etish taklifi Qashqadaryo viloyati xokimining 2022-yil 24-maydagi 370-4-0-Q-22-son Qarori hamda “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi hududiy dastur asosida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 5-maydagi 08/05/2045-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 3-oktyabrdagi № 05/38-4502-son ma’lumotnomasi, Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 10-martdagi №01-024/388-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida “etishtirish – saqlash – qayta ishlash – yakuniy kooperatsiya” tizimining sinergetik samaradorligi 3-5 foizga oshgan;
dorivor o‘simliklar etishtirish samaradorligini klaster tizimini e’tiborga olgan holda oshirish negizida ishlab chiqarishning 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi hududiy dastur asosida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 5-maydagi 08/05/2045-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 3-oktyabrdagi № 05/38-4502-son ma’lumotnomasi, Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 10-martdagi №01-024/388-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatida 2027-yilda dorivor o‘simliklar ekin maydoni 1,3 barobarga, mahsulot hajmi 1,4 barobarga va etishtirilgan asal mahsuloti miqdori 1,6 barobarga oshishi prognoz qilingan va istiqbolda dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlashning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan.