Turg‘unov Komiljon Qurbonalievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahsulot sifatini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun charm mashinalari vallar juftligidagi kontaktli o‘zaro ta’sirni tadqiq qilish” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3119
Ilmiy rahbar: Xurramov Shavkat Raxmatullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich texnika fanlari doktori, professor; Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahsulot sifatini va ishlab chiqarish samaradorligini charm yarim mahsulotini siqish mashinalarining ikki valli modullaridagi kontaktli o‘zaro ta’sir va suyuqlik filtratsiyasi hodisalarini tadqiq qilish va uning parametrlarini ilmiy-asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
valli mashinalarning zamonaviy konstrusiyalarini va valli siqish jarayonininig xususiyatlarni inobatga olgan holda charm yarim mahsulotini siqish mashinasining texniologik topshriqda belgilangan qoldiq namlikni ta’minlovchi yangi konstruksiyasi va mos ikki valli modulining modeli ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan ikki valli modulda kontakt burchaklarini va vallar orasidagi masofani (tirqishni) hisoblash uchun formulalar charm yarim mahsulotining ishchi vallar bilan urinish paytidagi va turg‘un jarayondagi qamrov shartlarini baholash asosida aniqlangan;
ishlab chiqilgan ikki valli modulda kontakt egri chiziqlari shaklining, kontakt kuchlashilari va gidravlik bosim taqsimotlarining hamda charm yarim mahsuloti qoldiq namligining matematik modellari kontaktli o‘zaro ta’sir va suyuqlik filtratsiyasi hodisalarini birgalikda o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan ikki valli modulning energiyaviy kuch parametrlarini (vallar tayanchlarining reaksiyasini, vallarni bosish qurilmasining siqish, gidravlik va umumiy bosimlarini, vallarni aylantirish uchun zarur bo‘ladigan qarshilik momenti va quvvatni) hishoblash formulalari olingan matematik modellarni qo‘llash orqali topilgan hamda valli mashinaning ishlab chiqilgan konstruksiyasining ratsional parametrlari valli siqishning asosiy ekstremal masalasini kompromiss masala bilan birgalikda echish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ikki valli modullarda kontaktli o‘zaro ta’sir va filtratsiya hodisalarini matematik modellashtirish va uning parametrlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ratsional parametrli charm yarim mahsulotini siqish mashinalari ikki valli modulining modeli va energiyaviy kuch sarfini aniqlashning hisoblash formulalari «O‘ZChARMSANOAT» uyushmasiga qarashli «Angren charm invest» MChJ va «ULKAN-LAZIZ» MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘ZChARMSANOAT» uyushmasining 2023 yil 23 iyundagi FB-5/1805-son ma’lumotnomasi). Natijada, siqish texnologik jarayonini takomillashtirish, tayyor charm sifatini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda monshon sarfini kamaytirish imkoniyatlari yaratilgan.