Abdullaev Nodirbek Azatvoy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energiya samarador avtonom quyosh sovutgich qurilmasi”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/T1629.
Ilmiy rahbar: Shaislamov Alisher Shabdurahmanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor; Matchanov Nuraddin Azadovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “TIQXMMI” Milliy taqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sovuqlikni akkumulyasiya qiluvchi energiya samarador avtonom quyosh sovutgich qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh energiyasidan quvvatlanuvchi akkumulyator battareyasidan holi bo‘lgan avtonom sovutgichda bug‘-kompressor tizimi sonini oshirish hamda sovuqlikni suv muzi ko‘rinishida akkumulyasiya qilish asosida energiya samarador texnologik sxema va qurilma ishlab chiqilgan;
energiya samarador sovutgich qurilmasining ishlashiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda berilgan vaqt davomida hosil bo‘lgan suv muzi miqdorini aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan;
eksperimental va regression tahlillar asosida avtonom sovutgich qurilmasining elektr quvvati va sovuqlik ishlab chiqarish quvvatini aniqlovchi tenglamalar ishlab chiqilgan;
sovuqlik ishlab chiqarish jarayonini boshqarish asosida avtonom quyosh sovutgich qurilmasining energiya samaradorligini ta’minlovchi algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energiya samarador avtonom quyosh sovutgich qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar asosida:
quyosh energiyasidan quvvatlanuvchi energiya samarador sovutgich qurilmasining ko‘p bug‘-kopmressorli sxemasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining 2023 yil 30 maydagi FAP 20220234/6 son qarori). Natijada ishlab chiqilgan energiya samarador avtonom quyosh sovutgichiga foydali model uchun patent olingan;
quyosh energiyasidan quvvatlanuvchi energiya samarador sovutgich qurilmasini loyihalashda qurilmaning ishlash jarayonida unga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan sovuqlik miqdorini hisoblovchi qurilmaning matematik modeli “TRUST FALCON SERVICE” MChJ ga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 apreldagi TKM – 40 – son ma’lumotnomasi). Natijada sovutgich qurilmasi kelgusi davr uchun sovuqlik ishlab chiqarishda yillik 208 500 kVt*soat elektr energiyasini tejab qolish imkonini bergan;
quyosh energiyasidan quvvatlanuvchi energiya samarador sovutgich qurilmasi “TRUST FALCON SERVICE” MChJ ga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 apreldagi TKM – 40 – son ma’lumotnomasi). Natijada quyosh sovutgich qurilmasida sovuqlik energiyasi ishlab chiqarishda elektr energiyasi sarfi to‘liq tejab qolish hisobiga, korhonada bir yilda 93 854 250 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.