Ismailova Maxfuza Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyani takomillashtirish», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD /Tib2185.
Ilmiy rahbar: Yusupov Anvar Sabirdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazida, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuhrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Ne’mat Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda ortopedik jarrohlikda opioid fentanilning kichik dozalarini kombinirlab qo‘llash orqali anesteziya sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ortopedik patologiyasi bo‘lgan bolalarda kombinirlangan anesteziyaning klinik kechuvi, gemodinamik ko‘rsatkichlar, endokrin tizim, bosh miyaning bioelektrik faolligi va sedatsiya chuqurligini perioperatsion davrda o‘rganishga asoslangan;
endokrin holatning ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ortopedik jarrohlik aralashuvlari paytida bolalarni anesteziologik himoya qilish darajasini baholash asoslangan;
opioid analgetik fentanilga asoslangan kombinirlangan umumiy anesteziya bolalarda ortopedik operatsiyalar paytida markaziy gemodinamik ko‘rsatkichlarga minimal ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
asosiy komponent sifatida opioid analgetik fentanildan foydalangan holda kombinirlangan anesteziya variantlarini qiyosiy o‘rganish asosida ortopedik operatsiyalar paytida bolalarni anesteziologik himoyalashning adekvatligi aniqlandi, uning afzalliklari va kamchiliklari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 9 iyundagi 03/41-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi, son suyagini patologik yoki tug‘ma chiqishida qo‘llaniladigan jarroxlik amaliyotlarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziya usullariga ta’sir etuvchi xavf omillarini amaliy va nazariy jixatlari takomillashtirilib, ushbu tug‘ma nuqsonlarda anesteziologik qo‘llanmalarda kuzatiladigan salbiy omillarni kamaytiradi va og‘riqsizlantirish jarayonini adekvatlashtiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya Ilmiy amaliy markazi 02.11.2022 yildagi 02/190 A sonli ma’lumotnoma bo‘yicha xamda Respublika Bolalar ortopediya markazi 03.11.2022 yildagi 123 A sonli ma’lumotnoma bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Ortopedik jarroxlik muolajalari o‘tkazilgan bolalarda perioperatsion davrda kombinirlangan anesteziyaning klinik kechuvini va gemodinamik ko‘rsatkichlarni exokardiografiya usuli bilan perioperatsion davrda aniqlash, ya’ni erta namoyon bo‘ladigan o‘zgarishlardan- a) zarbaning periferik qarshiligi (ZPQ) dastlabki xolatdan 16,9% kamayishi, b) zarba indeksining (ZI) 25,1% ortishi kabi gemodinamik ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar kuzatiladi; • perioperatsion davrda endokrin tizim- gormonal fon ko‘rsatkichlari tekshiruvlari o‘tkazilgan, shuningdek, bosh miyaning bioelektrik faolligida al`fa ritm 47,4-44,1 va sedatsiya chuqurligi 55,8-52,2 oralig‘ida ekanligi aniqlangan. • taklif etilgan tekshiruvlar va kompleks yondashuvdan foydalanish ortopedik operatsiyalarda opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziya sifatini yaxshilashga xizmat qilgan; •bemorda perioperatsion davrda anesteziologik qo‘llanmani adekvatligini baxolash va qo‘shimcha tekshiruv usulidan – BIS monitoring tekshiruv usuli anesteziya chuqurligini aniqlash orqali qo‘llanilayotgan umumiy anesteziyaning maqbul va samaraliligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bolalarda ortopedik operatsiyalarda perioperatsion davrda samarali va bezarar tekshiruvlardan ExoKG usulidan foydalanish iqtisod qilishga xizmat qiladi: • operatsiyadan avval, intraoperatsion davrda gemodinamik ko‘rsatkichlar ExoKG tekshiruvlari orqali aniqlandi; • umumiy anesteziya vaqtida ortiqcha preparatlardan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 24.5% kamaytirish imkonini bergan; 2) intraoperatsion davrdagi tez, kam xarajat va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilish hisobiga (ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash) sarf xarajatlarni kamaytiradi: umumiy anesteziyaning klinik kechuvini baxolash yurak qisqarishlar soni (YuQS), O‘rtacha dinamik bosim (O‘DB) doimiy monitoring usulida tadqiqot guruhidagi bemorlarda aniqlandi va bu o‘z navbatida vaqtni tejab, samaradorlikni oshirdi; • arterial qonni kislorodga to‘yinish birligi (SpO2) 102 ta bemorda pulsoksimetriya usulida qo‘llanilishi vaqtni tejab, samaradorlikni 87.6% ga oshirdi; Xulosa: girdobsimon ko‘krak qafasi deformatsiyasi, son suyagining tug‘ma yoki patologik chiqishidagi jarroxlik muolajalarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziya usullarida yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 24 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ismailova Maxfuza Ubaydullaevnaning «Bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyani takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 21 noyabrdagi 03/2438-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining girdobsimon deformatsiyasi, son suyagining tug‘ma yoki patologik chiqishi bo‘lgan bemorlarda o‘tkaziladigan jarroxlik muolajalarida rejali tartibda maksimal ravishda endokrin status ko‘rsatkichlariga, somatik foniga zarar etkazmasdan anesteziologik qo‘llanma olib borishda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish, operatsiyadan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya Ilmiy amaliy markazi 02.11.2022 yildagi 02/190A-sonli ma’lumotnoma bo‘yicha xamda O‘zR SSV ning Respublika Bolalar ortopediya markazi 03.11.2022 yildagi 123 A sonli ma’lumotnoma bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tekshiruvlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy og‘riqsizlantirish jarayonini asoratsiz o‘tishini ta’minladi va anesteziologik qo‘llanma sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) ortopedik operatsiyalarda endokrin status ko‘rsatkichlari: kortizol, triyodtironin, tiroksinni qonda konsentratsiya xolatini aniqlash orqali, opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziya usulini adekvatligini ta’minlash darajasini aniqlash orqali, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilindi. 2) opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyani adekvatligini baxolash va uni amalga oshirish uchun, maxsus malaka oshirgan shifokorlarning (regionar blokadalarning) keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan maxsus tayyorgarlik ko‘rishi shart emasligi xisobiga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: Bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlar dozasini kamaytirish bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziya usulini adekvatligi endokrin status ko‘rsatkichlariga qarab baxolanishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50 419 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ismailova Maxfuza Ubaydullaevnaning «Bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyani takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 21 noyabrdagi №03/2438-sonli xat yuborilgan
uchinchi ilmiy yangilik: bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlarni qo‘llash natijasida perioperatsion davrda kuzatiladigan va noxush sabablarga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish operatsiyaning travmatik omilini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya Ilmiy amaliy markazi 02.11.2022 yildagi 02/190 A sonli ma’lumotnoma bo‘yicha xamda Respublika Bolalar ortopediya markazi 03.11.2022 yildagi 123 A sonli ma’lumotnoma bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ortopedik operatsiyalarda opioidlarning kichik dozalarini qo‘llash bilan o‘tkaziladigan umumiy og‘riqsizlantirish usuli orqali 17 (35,8%) asoratlarni kamaytirishga erishilgan; ortopedik operatsiyalarda o‘tkaziladigan umumiy anesteziyaning qonun qoidalariga (anesteziyaning barqarorligini ta’minlash, teromoregulyasiyani saqlash, infuzion davoni qo‘llash, ko‘rsatma asosida gemotransfuziya muolajasini o‘tkazish) rioya qilgan xolda anesteziologik qo‘llanmaning asoratlarini oldini olishga erishilgan; opioidlarni kichik dozada qo‘llash natijasida anesteziologik qo‘llanma sifati yaxshilangan (65,2%); bolalar ortopediya bo‘limlaridagi bemorlar jarroxlik muolajalarida kam opioidli anesteziologik qo‘llanmalarni amalga oshirishga erishilgan (46%). Anesteziologik qo‘llanmani amalga oshirishda taklif qilingan preparatlar kombinatsiyasi ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi, son suyagi tug‘ma yoki patologik chiqishi bo‘lgan bemorlarda o‘tkaziladigan jarroxlik amaliyotida anesteziologik ximoya sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi, son suyagining tug‘ma yoki patologik chiqishida bemorlarni gospitalizatsiya qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazishda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,5 kundan 11,08 kungacha (3,5) kunga qisqartirtirib, shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 50.419 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi, son suyagi tug‘ma yoki patologik chiqishi bo‘lgan bemorlarda anesteziologik qo‘llanma taktikasida preparatlar kombinatsiyasini to‘g‘ri tanlash va ularning uyg‘unligini ta’minlash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda perioperatsion davrda kuzatiladigan: ikkilamchi giperalgeziya 9 (8,8%), opioid indusirlangan tolerantlik 5 (4,9%), operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusish 13 (12,7%) kabi qator asoratlar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50 419 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ismailova Maxfuza Ubaydullaevnaning «Bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyani takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 21 noyabrdagi №03/2438 son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyaning takomillashtirilgan usuli samarali intraoperatsion og‘riqsizlantirishga olib keladi, bemorlarni narkoz uyqusidan qisqa fursatda uyg‘onishini ta’minlaydi, noxush sabablarga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish operatsiyaning travmatik omilini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya Ilmiy amaliy markazi 02.11.2022 yildagi 02/190A-son ma’lumotnoma bo‘yicha xamda Respublika Bolalar ortopediya markazi 03.11.2022 yildagi 123 A sonli ma’lumotnoma bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi, son suyagining patologik yoki tug‘ma chiqishi yuzasidan o‘tkaziladigan ortopedik operatsiyalarda bemorlarni erta ekstubatsiya qilish (17,6±8,3 min), jarroxlik muolajasidan keyingi davrda o‘tkaziladigan intensiv terapiya usullari anesteziologik yondoshuvlarni takomillashtirishga olib keladi • gipovolemiyani oldini olish maqsadida perioperatsion davrda bemorni patologik va fiziologik yo‘qotishlarini inobatga olib, sutkalik fiziologik sarfni aniqlash suv elektolit balansini me’yorida ta’minlashni oshiradi; • taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyani o‘tkazishda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorni erta ekstubatsiya qilish, jarroxlik muolajasidan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish natijasida operatsion jaroxatdan qon ketishni oldi olinadi (bu xolat bemorlarni erta reabilitatsiyasi uchun juda muxim omildir); 2) bemorning shifoxonadagi davri uchun: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,5 kundan 11,08 kungacha (3,5) kunga qisqartirtiriladi• shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 50.419 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: ortopedik operatsiyalarda opioidlarni kichik dozada qo‘llanilishi perioperatsion davrda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50 419 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Shifoxonada qolish muddatini 3,5 kunga qisqartirilishi (50.419 ×14,5 kun=731 07 5,5 so‘m; 50.419 × 11 kun=554 609 so‘mni tashkil etdi, ya’ni shifoxonada bo‘lish davrining 3, 5 kunga qisqarishi bir bemor uchun 731075,5-554 609=176 466,5 dori darmonlar sarfini 176466,5 so‘mga qisqartirish imkonini berdi. Yil davomida 30 ta bemor davolansa, iqtisodiy samaradorlik 5 293995 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, iqtisodiy samarodorlik bemorning shifoxonada davolanish kunini 3,5 kunga qisqarishi xisobiga 30 ta bemor uchun 5 293995 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: kam opioidli umumiy anesteziya usulini joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 176466,5 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ismailova Maxfuza Ubaydullaevnaning «Bolalar ortopedik operatsiyalarida opioidlar bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziyani takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 21 noyabrdagi №03/2438 son xat yuborilgan.