Temirov Alisher Hoshim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Neft va gaz quduqlari jihozlarining korroziyalanishiga qarshi mochevina va mochevina hosilalari asosida ingibitorlarning olinish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T2454.
Ilmiy rahbar: Axmedov voxid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01. 
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor;  Abdullaev Jaxongir O‘rozali o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz qazib olish sanoatida quduq osti jihozlari korroziyalanishiga qarshi oltingugurt saqlagan mahalliy xomashyolar asosida ingibitorlarning olinishi va texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tiomochevinani formalin bilan metilolli hosilalari jarayoniga tabiati turlicha bo‘lgan erituvchilar va moddalar miqdori  ta’siri ilmiy asoslangan; 
tiomochevina va uning hosilalarini matematik hisoblashlari asosida tuzilishi va reaksion qobiliyati orasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan; 
tiomochevina va  mahalliy xomashyolar: formalin, akril kislota  ishtirokida olingan neft-gaz sanoatidagi  korroziyaga qarshi ingibirlovchi moddalarning tuzilishi va  fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
metallarni kislotali korroziyadan himoyalash uchun ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan tiomochevina hosilalarining ingibirlash xossalari amaliy asoslangan;
neft-gaz sanoatidagi kislotali korroziyaga qarshi ingibitorlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Neft va gaz quduqlarida kislotali korroziyaga qarshi ingibitorlarni ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan korroziya ingibitorlari “Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 2 noyabrdagi 02-18-8/173-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv-neft emulsiyalarida korroziyadan himoyalash darajasini 93,5 foizgacha oshirish imkonini bergan;
tarkibiga oltingugurt guruhlari kiritilgan  ingibitorlar “Buxoroneftgazparmalash” AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 2 noyabrdagi  02-18-8/173-son ma’lumotnomasi).  Natijada oltingugurt guruh fragmentlarini tutgan organik birikmalarning korroziyadan himoyalovchi ingibitor sifatida ishlatish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish