Ermatova Azoda Abduxoliqovnaningning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Atrof-muhit ob'ektlari tarkibidagi rux va qo‘rg‘oshin ionlarini immobillangan sul’farsazen azoreagenti bilan aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqish, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K330.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qo‘ldosheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer tashuvchilarga immobillangan sulfarsazen azoreagenti yordamida qo‘rg‘oshin(II) va rux (II) ionlarini sorbsion-fotometrik aniqlash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional va analitik-faol guruhlar tuzilishiga bog‘liq holda organik reagentlarni immobillashning analitik tavsiflari aniqlangan;
immobillangan sulfarsazen azoreagentining rux(II) va qo‘rg‘oshin(II) ionlari bilan kimyoviy-analitik xossalariga asoslangan ta’sirlashish mexanizmi, funksional-faol guruhlarning joylashishiga shunigdek ion va koordinatsion bog‘larning tabiatiga bog‘liqligi isbotlangan;
oqava suvlar tarkibidagi rux(II) va qo‘rg‘oshin(II) ionlari analiziga xalaqit beradigan kationlar va anionlarning turlari aniqlangan, shuningdek ularning rux(II) va qo‘rg‘oshin(II) ionlarini aniqlashdagi salbiy ta’siri isbotlangan;
rux(II) va qo‘rg‘oshin(II) ionlarini immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektrofotometrik aniqlashning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Atrof muhit ob’ektlari tarkibidagi rux, qo‘rg‘oshin ionlarini immobillangan sulfarsazen azoreagenti bilan aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
immobillangan organik azoreagentlar yordamida rux ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli «Olmaliq KMK» AJda amaliyotiga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 4 maydagi 000/8829-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq tarkibidagi rux(II) ionlarini tezkor miqdoriy aniqlash imkonini bergan;
sulfarsazen reagenti asosida olingan immobillangan organik reagentlar yordamida qo‘rg‘oshin ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli «Olmaliq KMK» AJda amaliyotiga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJ ning 2021 yil 4 maydagi 000/8829-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq va chiqindi suvlar tarkibidagi qo‘rg‘oshin (II) ionlarini tezkor miqdoriy aniqlash imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish