Djanadilov Shahboz O‘ktamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning uslubiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Iqt73.

Ilmiy rahbar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Babaev Karimjon Nabijanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘urta kompaniyalari faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kompleks avtomatlashtirish jarayonlarining uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sug‘urta kompaniyalari faoliyatiga samarali joriy etish jarayonlari virtual ofis va onlayn sug‘urta agentlarini o‘z ichiga olgan hamda tashqi axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyalanuvchi  avtomatlashtirilgan sug‘urta platformasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;

elektron sug‘urta polislarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va sug‘urta faoliyatiga joriy etish bo‘yicha respublika miqyosida yagona sug‘urta polislari reestrini yaratish, sug‘urta polislarini ro‘yxatga olishda sug‘urtalanuvchining shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalanish, sug‘urtalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish va aslligini tekshirish texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

sug‘urta kompaniyalari faoliyati axborot tizimlari elektron to‘lov tizimlari, identifikatsiyalashning yagona tizimi, internet va «bulutli hisoblash» texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;

sug‘urta kompaniyalarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish va «aqlli uylar», «aqlli avtomobillar» hamda dronlarni sug‘urtalash kabi yangi turdagi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish metodikasi taklif qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘urta kompaniyalari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sug‘urta kompaniyalari faoliyatida samarali joriy etish jarayonlari virtual ofis va onlayn sug‘urta agentlarini o‘z ichiga olgan hamda tashqi axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyalanuvchi kompleks avtomatlashtirilgan sug‘urta platformasini ishlab chiqish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zagrosug‘urta» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2018 yil 12 apreldagi 04-06/838-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning «O‘zagrosug‘urta» AJ bo‘limlarida joriy etilishi natijasida elektron ma’lumot almashish axborot tizimi takomillashtirilib, sug‘urta faoliyati kompleks avtomatlashtirilgan, tashqi axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilingan va sug‘urta faoliyatiga doir ma’lumot­larning tarqoq massivlaridan 35 %ga qisqartirilgan yagona ma’lumotlar bazasiga o‘tish imkoniyati yaratilgan;

elektron sug‘urta polislarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va sug‘urta faoliyatiga joriy etish bo‘yicha respublika miqyosida yagona sug‘urta polislari reestrini yaratish, sug‘urta polislarini ro‘yxatga olishda sug‘urtalanuvchining shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalanish, sug‘urtalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish va aslligini tekshirish texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar «O‘zagrosug‘urta» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2018 yil 12 apreldagi 04-06/838-son ma’lumotnomasi). Berilgan tavsiyalar sug‘urta faoliyatida yangi turdagi elektron sug‘urta polislarini loyihalashtirish va ishlab chiqish, sug‘urta polislarining yagona reestrini yaratish orqali qalbakilashtirishning oldini olish, sug‘urta polislarini ishlab chiqishga sarflanuvchi xarajatlarni qisqartirishga erishilgan;

sug‘urta kompaniyalari faoliyati axborot tizimlaridan foydalanish jarayonlarini elektron to‘lov tizimlari, identifikatsiyalashning yagona tizimi, internet va «bulutli hisoblash» texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar «O‘zagrosug‘urta» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2018 yil 12 apreldagi 04-06/838-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida internet va «bulutli hisoblash» texnologiyalaridan foydalangan holda virtual ofislar yaratilgan hamda mijozlar bilan interaktiv aloqa qilish, sug‘urta xizmatlarini sotishning yangi kanallari va hujjatlarni onlayn tarzda qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan;

sug‘urta kompaniyalarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish va «aqlli uylar», «aqlli avtomobillar», elektromobillar hamda dronlarni sug‘urtalash kabi yangi turdagi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish metodikasi «O‘zagrosug‘urta» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2018 yil 12 apreldagi 04-06/838-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan «aqlli uylarni» sug‘urtalash, «aqlli avtomobillarni» sug‘urtalash kabi yangi turdagi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish metodikasidan kompaniyada yangi turdagi sug‘urta mahsulotlarini yaratish hamda mavjud sug‘urta mahsulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida yanada takomillashtirish orqali sug‘urta faoliyatini kengaytirishda foydalanilgan va mijozlar uchun yangi turdagi sug‘urta mahsulotlari taklif etilgan hamda mavjudlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish