Xolikov Shukirjon Sodikovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Quyosh ichki qatlablari xususiyatlarini fazo-vaqt gelioseismik usullar orqali tekshirish”, 01.03.01 – astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/FM202.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti,
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Er va kosmosdan olingan gelioseysmik kuzatuvlarni tahlil qilish; Quyoshning ichki tuzilishini o‘rganish, xususan: yuza-osti oqim tuzilishi va uning vaqt evolyusiyasini; faol maydonlar va ularning quyosh akustik tebranishlari bilan o‘zaro ta'sirini; Quyosh meridional aylanishining kengligi va chuqurlik profilini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Quyosh fizikasi jamoasiga past darajadagi quyosh tebranishlarining chastota jadvallarining birlamchi o‘lchovlari taqdim etiladi; birinchi marta Quyosh ichki aylanish tezligi IRIS chastota bo‘linish koeffisientlari yordamida olingan; Quyosh yuzasi ostidagi quyosh dog‘ining tasviri birinchi marta akustik to‘lqinlarning xossalari yordamida quriladi; Quyosh konvektiv zonasining qa’rida paydo bo‘lgan faol maydon tasviri yuzasiga suzib chiqmasidan 1-2 kun oldin 40-75 Mm chuqurlikda aniqlanadi; qo‘llangan yangi usul quyosh akustik radiusini tengi yo‘q aniqlik bilan o‘lchash imkonini berdi; Quyosh fizikasi jamoasining ba'zi a'zolari tomonidan yuqori kengliklarda yuz berish aytilgan ikkilamchi aylanmalar global meridional oqimning sirt komponenti bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatuvchi dalillarni topdik; Erdan olingan GONG kuzatuvlari yordamida qutblardan ekvatorga qaytuvchi meridional oqim komponentasi o‘lchandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ushbu tadqiqotda amalga oshirilgan o‘lchovlar quyosh fizikasi bilan bog‘liq ko‘plab tekshiruvlarda asosiy tarkibiy qism sifatida qo‘llanilgan. Nazariy quyosh dinamo simulyasiyalari o‘z modellarida kapalak sxemasini hosil qilish maqsadida qaytish meridional oqim profilidan foydalangan. Bizning o‘lchovlarimizdan qutblarga yo‘nalgan meridional aylanish tezligi qutb mintaqalariga plazma oqimi mexanizmiga asoslangan modellarining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u quyosh faolligi davrini prognoz qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.