Ismailov Akmal Maxsudovichning
 fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt465
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar:
Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida respublika qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko’ra faqat mavjud imkoniyat va qobiliyatlar yig‘indisi sifatida talqin qilinuvchi “iqtisodiy salohiyat” tushunchasining mazmuni ehtimoliy salohiyatning mavjudligi ham hisobga olingan holda, qurilish sanoati korxonasiga tatbiqan faoliyat samaradorligi va rivojlanishi tavsifi, tahlil obektining retrospektiv va perspektiv analitik ko’rsatkichlarini baholash mezonlari tizimi, barcha mavjud salohiyat turlari umumiy qobiliyatlari yig‘indisi sifatida takomillashtirilgan;
har bir hududda bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish obektlarini loyihalashtirish va tayyor ko’p qavatli uy-joylar qurishgacha qo’shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish taklifi asoslangan;
qurilish obektlarini ro’yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish asosida qurilish tarmog‘ini boshqaruv idoralari real vaqt rejimida ishlovchi monitoring tizimlari bilan uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish taklif etilgan;
iqtisodiy salohiyatni boshqarishda qurilish sanoati korxonalarining ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat, innovatsion va ehtimoliy salohiyatlarini integral baholash bo’yicha «yuqori» (1,2≤Is), «barqaror» (1,0≤Is˂1,2), «o’rtacha xavfli» (0,7≤Is˂1,0) va «yuqori xavfli» (0≤Is˂0,7) koeffitsient chegaralari doirasida baholash asoslangan;
qurilish sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda iqtisodiy salohiyatni boshqarishning samarali vositalariga asoslangan holda 2035 yilga qadar prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot  natijalarining  joriy qilinishi. Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini samarali boshqarishni ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra faqat mavjud imkoniyat va qobiliyatlar yig‘indisi sifatida talqin qilinuvchi “iqtisodiy salohiyat” tushunchasining mazmuni ehtimoliy salohiyatning mavjudligi ham hisobga olingan holda, qurilish sanoati korxonasiga tatbiqan faoliyat samaradorligi va rivojlanishi tavsifi, tahlil obektining retrospektiv va perspektiv analitik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari tizimi, barcha mavjud salohiyat turlari umumiy qobiliyatlari yig‘indisi sifatida takomillashtirilgan nazariy-uslubiy asos oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan «Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, barcha mavjud salohiyat turlari umumiy qobiliyatlari yig‘indisi sifatidagi “iqtisodiy salohiyat” tushunchasi mazmunining nazariy-uslubiy asoslari takomillashtirilib, oliy ta’lim tizimi talabalari tomonidan ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
har bir hududda bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish obektlarini loyihalashtirish va tayyor ko‘p qavatli uy-joylar qurishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 fevraldagi PQ-139-son qaroriga 6-ilova bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 27 iyundagi 05/15-1326-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini samarali boshqarish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning 10-15 foizga oshishiga erishilgan;
qurilish obektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish asosida qurilish tarmog‘ini boshqaruv idoralari real vaqt rejimida ishlovchi monitoring tizimlari bilan uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 noyabrdagi PQ-425-son qarori bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 27 iyundagi 05/15-1326-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida kamchiliklar bartaraf etilib, mazkur platformada qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyati ko‘rsatkichlarining 1,19 koeffitsient birligida oshishiga erishilgan; 
iqtisodiy salohiyatni boshqarishda qurilish sanoati korxonalarining ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat, innovatsion va ehtimoliy salohiyatlarini integral baholash bo‘yicha «yuqori» (1,2≤Is), «barqaror» (1,0≤Is˂1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,7≤Is˂1,0) va «yuqori xavfli» (0≤Is˂0,7) koeffitsient chegaralari doirasida baholash taklifi “Trest 12” Aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil  14 dekabrdagi 01/741-sonli buyrug‘i asosida qurilish sanoati korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 27 iyundagi 05/15-1326-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalarini pog‘onalashtirilgan saralash tizimini joriy etishga va ushbu chora-tadbirlar qurilish sanoati korxonalari foydasini 23 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
qurilish sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda iqtisodiy salohiyatni boshqarishning samarali vositalariga asoslangan holda 2035 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 27 iyundagi 05/15-1326-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalarini samarali boshqarish ssenariylari ishlab chiqilgan va ular faoliyatini optimallashtirish uchun imkon yaratilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish