Zakir`yaeva Saidaxon Ikramovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bacillus va Paenibacillus avlodiga mansub fosforparchalovchi rizobakteriyalar hujayralarini immobilizatsiya qilish va quruq shakldagi bioo‘g‘itlar olish», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V9.

Ilmiy rahbar: Djumaniyazova Gul`nara Ismailovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.

Rasmiy opponentlar: Zaynitdinova Lyudmila Ibraximovna, biologiya fanlari doktori, professor; Myachina Ol`ga Vladimirovna, biologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Bacillus va Paenibacillus avlodiga mansub rizobakteriyalar asosidagi FOSSTIM seriyasidagi bakterial o‘g‘itlar va RIZOKOM seriyasidagi kompleks ta’sir etuvchi biopreparatlarni quruq preparatli shakllarini olish usullarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tashuvchilar – fosfor uni, fosfogips, kaolin, qum, ko‘mir changi va biokompostlarning mikroflorasi aniqlangan;

turli xil tashuvchilarning kimyoviy, fizikaviy tarkibi va ilk bor ularning adsorbsiyalash xususiyati aniqlangan;

ilk bor Bacillus va Paenibacillus avlodiga mansub sterillangan tashuvchilarga immobillangan fosfor parchalovchi rizobakteriyalar hujayralarining yashovchanligi va saqlanuvchanligi uzoq muddat saqlash jarayonida dinamika bo‘yicha aniqlangan;

ilk bor rizobakteriyalarni sterillangan tashuvchilarda uzoq muddat (4 yil) saqlagandan so‘ng fiziologik xususiyatlarining barqarorligi asoslangan;

laboratoriya va yarim sanoat ishlab chiqarish sharoitida rizobakteriya kul`turalarini o‘stirish sharoiti optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Quruq shakldagi FOSSTIM seriyasidagi bakterial o‘g‘itlar va kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM seriyasidagi biopreparatlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

polifunksional xususiyatli fosforparchalovchi Bacillus subtilis BS-26 bakteriya shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi tomonidan  ixtiro patenti olingan (№IAP 20100617, 2013). Natijada yaratilgan yangi iqtisodiy samarali oziqa muhiti sanoat sharoitida FOSSTIM seriyasidagi bakterial o‘g‘itlar va kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM seriyasidagi biopreparatlarni quruq preparat shaklida olish imkonini bergan;

quruq shakldagi FOSSTIM-1 bakterial o‘g‘iti Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida paxta maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 07/23-20-son ma’lumotnomasi). Natijada bakterial o‘g‘itning ta’siri tufayli g‘o‘zadan 3–6 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;  

quruq shakldagi  RIZOKOM-1 va RIZOKOM-2 biopreparatlari Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan maydonlarida g‘o‘za va bug‘doy o‘simliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 07/23-20-son ma’lumotnomasi). Natijada biopreparatning ta’siri tufayli g‘o‘zadan 2,5–5 s/ga,  bug‘doydan 3,0–4,9 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish