Karimov Baxtiyor Baxadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda atopik dermatitning patogenetik terapiyasini takomillashtirish va samarali profilaktika usullarini ishlab chiqish”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1530.
Ilmiy rahbar: Xaitov Kaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adhamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor,  Arifov Saidqosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moliq.
II. Tadqiqotning maqsadi atopik dermatit bilan kasallangan turli yoshdagi bolalarda teridagi patologik jarayonlarning hamroh allergik kasalliklarga bog‘liqligini o‘rganish va uning asosida patogenetik davolash usullarini takomillashtirish hamda samarali profilaktika usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bolalarda ADning klinik shakllari orasida eng ko‘p eritematoz-skvamoz (42,1% bemorda) va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz (30,9% bemorda) shakllari bilan kasallanish holatlari kuzatilishi va toshmalar uchoqlari asosan bir vaqtning o‘zida bemorning yuzi, qo‘llari, oyoqlarida (42,1%) joylashishi isbotlangan;
AD bilan og‘rigan bemorlarda hamroh allergik kasalliklar sifatida allergik rinit, faringit yoki laringit (15,0%), allergik kon’yuktivit (11,3%) va allergik bronxit (13,5%) kasalliklari kuzatilishi va bunday bemorlarda hamroh allergik kasallik hamda kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan; 
hamroh allergik kasalligi bo‘lgan AD bilan og‘rigan bemorlarda, ayniqsa, hamroh allergik rinit, faringit yoki laringit va allergik bronxit fonida nazorat guruhiga nisbatan IgE (mos ravishda 197,90 ± 3,54 va 280,67 ± 4,50), IL-6 (mos ravishda 182,46 ± 3,32 va 201,27 ± 4,78) va O‘NO-α (mos ravishda 30,67 ± 1,62 va 41,02 ± 3,00) miqdorini ishonchli ko‘tarilishi qayd etilib, hamroh allergik kasalliklar, sitokin miqdorlari va kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
AD bilan hastalangan bemorlarda hamroh allergik kasalliklari va immunologik o‘zgarishlarni hisboga olgan holda arginil-al`fa-aspartil-lizil-valil-tirozil-arginin diatsetat preparati yordamida kompleks terapiyasi hamrohlik qiluvchi boshqa allergik kasalliklar bo‘lmagan atopik dermatit bo‘lgan bemor bolalarda hamda hamroh allergik rinit, faringit yoki laringit va allergik bronxit foni bo‘lgan bolalar guruhida an’anaviy davo usuliga nisbatan 2 baravardan ortiq klinik sog‘ayish holatlari qayd etilgani bilan ifodalangan terapevtik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi. 
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 ĭil 23 iyundagi 03/50-son xulosasiga kŭra (ilmiĭ yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriĭ etish bŭĭicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 ĭil 19 maydagi 03/983-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda atopik dermatitning klinik shakllari orasida eng ko‘p eritematoz-skvamoz (42,1% bemorda) va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz (30,9% bemorda) shakllari bilan kasallanish holatlari kuzatilishi va toshmalar uchoqlari asosan bir vaqtning o‘zida bemorning yuzi, qo‘llari, oyoqlarida (42,1%) joylashishi Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 17.06.23 yildagi №54-son buyruq hamda Toshkent shahar 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 24.11.2021 yildagi 140-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda atopik dermatitning klinik shakllari orasida eng ko‘p eritematoz-skvamoz (42,1% bemorda) va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz (30,9% bemorda) shakllari bilan kasallanish holatlari kuzatilishi va toshmalar uchoqlari asosan bir vaqtning o‘zida bemorning yuzi, qo‘llari, oyoqlarida (42,1%) joylashishi mutaxassislar tomonidan kasalliknni erta tashxislashda aniq diagnostik mezonlardan foydalanishga va atopik dermatit bilan hastalangan bemorlarni davolashda samarali patogenetik usulni belgilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda atopik dermatitning klinik shakllari orasida eng ko‘p eritematoz-skvamoz (42,1% bemorda) va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz (30,9% bemorda) shakllari bilan kasallanish holatlari kuzatilishi va toshmalar uchoqlari asosan bir vaqtning o‘zida bemorning yuzi, qo‘llari, oyoqlarida (42,1%) joylashishini isbotlanishi kasallikni tashxislashda qo‘shimcha invaziv tekshiruvlardan (gistologik tahlil) dan voz kechish hisobiga bir tekshiruvga sarflanadigan 279 600 so‘m, 97 nafar bemorga 27 121 200 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: atopik dermatitni to‘g‘ri va erta tashxislashda kasallikning klinik shakllari orasida eng ko‘p eritematoz-skvamoz va lixenifikatsiyaga moyil eritematoz-skvamoz shakllari bilan kasallanish holatlari kuzatilishi va toshmalar uchoqlari asosan bir vaqtning o‘zida bemorning yuzi, qo‘llari, oyoqlarida joylashishi isbotlanib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 279 600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlarda hamroh allergik kasalliklar sifatida allergik rinit, faringit yoki laringit (15,0%), allergik kon’yuktivit (11,3%) va allergik bronxit (13,5%) kasalliklari kuzatilishi va bunday bemorlarda hamroh allergik kasallik hamda kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 17.06.23 yildagi №54-son buyruq hamda Toshkent shahar 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 24.11.2021 yildagi 140-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlarda hamroh allergik kasalliklar sifatida allergik rinit, faringit yoki laringit (15,0%), allergik kon’yuktivit (11,3%) va allergik bronxit (13,5%) kasalliklari kuzatilishi va bunday bemorlarda hamroh allergik kasallik hamda kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi dermatolog va dermatolog hamda pediatr, allergolog, otorinolaringolog va oftal`molog mutaxassislari tomonidan atopik dermatit va hamroh kechuvchi allergik kasalliklarni erta tashxislashda aniq diagnostik mezonlardan foydalanishga hamda atopik dermatit bilan hastalangan bemorlarni davolashda samarali patogenetik usulni belgilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlarda hamroh allergik kasalliklar sifatida allergik rinit, faringit yoki laringit (15,0%), allergik kon’yuktivit (11,3%) va allergik bronxit (13,5%) kasalliklari kuzatilishi va bunday bemorlarda hamroh allergik kasallik hamda kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi isbotlanishi orqali kasallik bilan birga kechuvchi hamroh allergik kasalliklarni tashxislash muddatini qisqartirish hamda erta samarali patogenetik davolashni begilash imkonini yaratgan (ToshPTI klinikasining preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 120 000 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 53 nafar bemor hisobidan 60 950 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi). Xulosa: bolalarda atopik dermatit bilan birga kechuvchi hamroh allergik kasalliklarni erta tashxislashda dermatolog hamda pediatr, allergolog, otorinolaringolog va oftal`molog mutaxassislarini jalb qilish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 55 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: hamroh allergik kasalligi bo‘lgan atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlarda, ayniqsa, hamroh allergik rinit, faringit yoki laringit va allergik bronxit fonida nazorat guruhiga nisbatan IgE (mos ravishda 197,90 ± 3,54 va 280,67 ± 4,50), IL-6 (mos ravishda 182,46 ± 3,32 va 201,27 ± 4,78) va O‘NO-α (mos ravishda 30,67 ± 1,62 va 41,02 ± 3,00) miqdorini ishonchli ko‘tarilishi qayd etilib, hamroh allergik kasalliklar, sitokin miqdorlari va kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 17.06.23 yildagi №54-son buyruq hamda Toshkent shahar 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 24.11.2021 yildagi 140-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hamroh allergik kasalligi bo‘lgan atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlarda, ayniqsa, hamroh allergik rinit, faringit yoki laringit va allergik bronxit fonida nazorat guruhiga nisbatan IgE (mos ravishda 197,90 ± 3,54 va 280,67 ± 4,50), IL-6 (mos ravishda 182,46 ± 3,32 va 201,27 ± 4,78) va O‘NO-α (mos ravishda 30,67 ± 1,62 va 41,02 ± 3,00) miqdorini ishonchli ko‘tarilishi qayd etilib, hamroh allergik kasalliklar, sitokin miqdorlari va kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi dermatolog va dermatolog hamda pediatr, allergolog, otorinolaringolog va oftal`molog mutaxassislari tomonidan atopik dermatit va hamroh kechuvchi allergik kasalliklarni erta tashxislashda aniq diagnostik mezonlardan foydalanishga hamda atopik dermatit bilan hastalangan bemorlarni davolashda samarali patogenetik usulni qo‘llash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hamroh allergik kasalligi bo‘lgan atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlarda, ayniqsa, hamroh allergik rinit, faringit yoki laringit va allergik bronxit fonida nazorat guruhiga nisbatan IgE (mos ravishda 197,90 ± 3,54 va 280,67 ± 4,50), IL-6 (mos ravishda 182,46 ± 3,32 va 201,27 ± 4,78) va O‘NO-α (mos ravishda 30,67 ± 1,62 va 41,02 ± 3,00) miqdorini ishonchli ko‘tarilishi qayd etilib, hamroh allergik kasalliklar, sitokin miqdorlari va kasallikning klinik kechishining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi isbotlanishi orqali kasallik bilan birga kechuvchi hamroh allergik kasalliklarni tashxislash muddatini qisqartirish hamda erta samarali patogenetik davolashni begilash imkonini yaratgan (ToshPTI klinikasining preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 120 000 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 53 nafar bemor hisobidan 50 880 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi). Xulosa: bolalarda atopik dermatit va u bilan birga kechuvchi hamroh allergik kasalliklarni erta tashxislashda tegishli immunologik tekshiruvlarni o‘tkazish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 225 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: atopik dermatit bilan hastalangan bemorlarda hamroh allergik kasalliklari va immunologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda arginil-al`fa-aspartil-lizil-valil-tirozil-arginin diatsetat preparati yordamida kompleks terapiyasi hamrohlik qiluvchi boshqa allergik kasalliklar bo‘lmagan atopik dermatit bo‘lgan bemor bolalarda hamda hamroh allergik rinit, faringit yoki laringit va allergik bronxit foni bo‘lgan bolalar guruhida an’anaviy davo usuliga nisbatan 2 baravardan ortiq klinik sog‘ayish holatlari qayd etilishi Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 17.06.23 yildagi №54-son buyruq hamda Toshkent shahar 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 24.11.2021 yildagi 140-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra immunokorreksiyalovchi – arginil-al`fa-aspartil-lizil-valil-tirozil-arginin diatsetat (imunofan) dori vositasini qo‘llash, bemorlarda klinik sog‘ayish va teridagi patologik jarayonning yaxshilanishi holatlarining sezilarli ravishda 75,0 %ga oshishiga olib keladi. Hamrohlik qiluvchi boshqa allergik kasalliklar bo‘lmagan atopik dermatit bo‘lgan bemor bolalarda hamda hamroh allergik rinit, faringit yoki laringit va allergik bronxit foni bo‘lgan bolalar guruhida an’anaviy davo usuliga nisbatan 2 baravardan ortiq klinik sog‘ayish holatlari qayd etiladi. Olingan natijalar asosida immunokorreksiyalovchi – arginil-al`fa-aspartil-lizil-valil-tirozil-arginin diatsetat (imunofan) dermatologiya amaliyotida keng qo‘lamda foydalanish imkoniyatini bergan. Taklif etilgan kompleks davolash usuli bemor immun tizimi holatini korreksiyalagan va klinik jihatdan ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan davolash usuli bemorlarda davolanish samaradorligini 75,0%ga oshirgan. Buning negizida bemorlarning davolanishga qaratilgan pullik harajatlari 1,2 baravarga kamaygan (ToshPTI klinikasining preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 120 000 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 74 nafar bemor hisobidan 17 760 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi). Xulosa: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 8 kunga qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori tahminan 240 000 so‘mga kamaytirilgan (ToshPTI klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 120 000 so‘mni tashkil qiladi), shifoxonada bo‘lish davrining 8 kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Atopik dermatitning turli shakllari bilan hastalangan bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 240 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish