Baltaev Meirxan Batir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Metropoliten vagonining dinamik sifatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash usulini takomillashtirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: (B2023.1.PhD/T3507)
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor;
Tursunov Hurshid Mahmudjanovich – texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metropoliten vagonining dinamik sifatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash usulini takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan texnik echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dinamik kuchlar ta’sirida rama elementlarining yuklanganligini aniqlash imkonini beruvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan metropoliten vagoni aravachasi ramasining chekli elementli modeli ishlab chiqilgan;
metropoliten vagoni aravachasi ramasiga uzatilayotgan vertikal va yon kuchlarni bir vaqtning o‘zida o‘lchashga va o‘lchov aniqligini oshirishga imkon beruvchi, harakat davomida metropoliten vagoni aravachasi ramasiga ta’sir qiluvchi vertikal va yon kuchlarni o‘lchash usuli ishlab chiqilgan;
harakatlanuvchi tarkib va yo‘lning o‘zaro dinamik ta’siri jarayonida vujudga keluvchi kuchlar qiymatini yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini beruvchi, poezd harakati davomida metropoliten vagoni aravachasi ramasiga ta’sir qiluvchi fazoviy kuchlarni o‘lchash usuli ishlab chiqilgan;
metropoliten vagoni aravachasi ramasiga ta’sir qiluvchi vertikal va yon kuchlarni o‘lchashda metropoliten vagonining vertikal va gorizontal dinamikasi ko‘rsatkichlarini o‘lchash aniqligiga bo‘ylama kuchlarning ta’siri aniqlangan;
poezd harakati davomida metropoliten vagoni aravachasi ramasiga ta’sir qiluvchi vertikal va yon kuchlarni uzlyuksiz o‘lchagan holda dinamik jarayonlarni qayd etish imkonini beruvchi metropoliten vagonining vertikal va gorizontal dinamikasi ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha harakat-dinamik sinovlarni o‘tkazish dasturi va uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
Metropoliten vagonining dinamik sifatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
harakat paytida metropoliten vagoni aravachasi ramasiga ta’sir qiluvchi vertikal, yon va bo‘ylama kuchlarni o‘lchashning ishlab chiqilgan usullari va o‘lchovlarni amalga oshirish uskunalari “Toshkent metropoliteni” UK ga tegishli 81-717 va 81-714 rusumli metropoliten vagonlarini kapital ta’mirdan so‘ng vertikal va gorizontal dinamikasi ko‘rsatkichlarini aniqlashda “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 13-martdagi № 2/1558 ma’lumotnomasi). Natijada, harakatlanuvchi tarkib harakati paytida yo‘lovchilar qulayligi va xavfsizlik masalalariga tegishli bo‘lgan metropoliten vagonining vertikal va gorizontal dinamikasi ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun kerak bo‘lgan metropoliten vagoni aravachasi ramasiga ta’sir qiluvchi kuchlarni o‘lchash aniqligi oshgan.
ishlab chiqilgan harakat-dinamik sinovlarni o‘tkazish dasturi va uslubiyoti “Toshkent metropoliteni” UK ga tegishli 81-717 va 81-714 rusumli metropoliten vagonlarini kapital ta’mirdan so‘ng poezd harakati davomida metropoliten vagoni aravachasi ramasiga vertikal va yon kuchlar ta’sirida dinamik jarayonlarni uzlyuksiz qayd etishda “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 13-martdagi № 2/1558 ma’lumotnomasi). Natijada, metropoliten vagonining dinamik sinovlarini o‘tkazish vaqti va xarajatlarining qisqarishi, olinayotgan ishonchli va aniq statistik ma’lumotlar hajmining oshishi, eksperimental o‘lchash uchastkalariga chiqish sonining qisqarishi hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 240 million so‘mni tashkil etgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish