Xudayberganov Mansur Saburovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «AKF-78 markali kaolin asosida adsorbentlar va ularning adsorbsion xususiyatlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K650.
Ilmiy rahbar: Raxmatkarieva Firuza Gayratovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Baxronov Xayot Nurovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boyitilgan AKF-78 markali kaolindan foydalanib, yuqori kremniy va alyuminiyli mikrog‘ovakli adsorbent sintez qilish va ularning adsorbsion xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boyitilgan AKF-78 markali Angren kaolini va glinozemning 8:3 nisbatini avtogen bosim ta’sirida o‘zaro bog‘lanishidan yuqori kremniy va alyuminiyli  mikrog‘ovakli adsorbent olish imkoniyati yaratilgan;
yuqori kremniy va alyuminiyli mikrog‘ovakli adsorbentlarga suv, benzol va n-geksan bug‘i adsorbsiyasining differensial issiqliklari to‘lqinsimon pog‘onali qo‘rinishda bo‘lib, boshlang‘ich to‘yinishlarda adsorbsiya differensial issiqliklari kondensatsiya issiqliklaridan 2-3 barobar yuqori bo‘lishi aniqlangan;
yuqori kremniy va alyuminiyli mikrog‘ovakli adsorbentga benzol va n-geksan molekulalariga nisbatan suv molekulalari 5-7 barobar ko‘proq adsorbsiyalanishi isbotlangan;
boyitilgan AKF-78 markali Angren kaolini va glinozemdan foydalanib olingan yuqori kremniy va alyuminiyli mikrog‘ovakli adsorbentning intensivlik cho‘qqilari seolitning intensivlik cho‘qqilariga mos kelishi aniqlangan;
boyitilgan AKF-78 markali Angren kaolini va glinozemdan foydalanib, mikrog‘ovakli adsorbent olish metodi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
AKF-78 markali kaolin asosida adsorbentlar va ularning adsorbsion xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
NaXL adsorbenti “Chinoz NQIZ”da neft xomashyolari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar tarkibidagi vodorod sul`fid, uglerod- oltingugurt, benzol, ammiak molekulalarilardan tozalashda joriy etilgan («O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 28 dekabrdagi 03-17-5/211-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni qayta ishlash jarayonida ularni aromatik birikmalar, ularning gomologlar va boshqa moddalardan tozalash darajasini 1,1 barobarga oshirish imkonini bergan;
NaXL adsorbenti “Chinoz NQIZ”da neft xomashyolari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlari tarkibidagi benzol, turli xil aromatik uglevodorod gomologlari va oltingugurtli birikmalardan tozalashda joriy etilgan («O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 28 dekabrdagi 03-17-5/211-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni qayta ishlash jarayonida uni oltingugurtli birikmalardan tozalash darajasini 1,15 barobarga oshirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish