Myachina Ol`ga Vladimirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fosfor o‘g‘itlar ta’sirida bo‘z tuproqda mikrobli birlashmalarning struktura va funksional xususiyatlari», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/B37.
Ilmiy maslahatchi: Poberejskaya Svetlana Konstantinovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor; Gafurova Laziza Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor; Niyazaliev Begali Irisalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tuproq mikroblar turkumlarining strukturaviy va funksional xossalariga yangi turdagi fosforli o‘g‘itlarning ta’sirini hamda g‘o‘zani parvarishlash mobaynida o‘g‘itni qo‘llashning agroekologik xavfsizligi va agrokimyoviy samaradorligini kompleks aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi fosforli bakterial, organik mineral va mineral o‘g‘itlarning an’anaviy konsentrlangan ammofos o‘g‘iti bilan solishtirgandagi ta’siri ostida tipik bo‘z tuproqdagi mikroblar turlarining o‘zgarishi va fermentativ faolligi aniqlangan;
har xil darajada birikan tuproq organik uglerodining miqdoriga, shuningdek, mikroblar turlar faolligining metabolitik koeffisientlari baholangan;
yangi sekin ta’sirida R-, N- va C tutgan birikmalarni o‘zgartirishida ishtirok etuvchi fermentlar faoliyati salbiy ta’sir ko‘rsatmaganligi aniqlangan;
yangi sekin ta’sir etadigan fosforli o‘g‘itlarning tuproqni agrokimyoviy xususiyatlariga ta’sir mexanizmi konsentrlangan ammofos o‘g‘iti bilan solishtirib isbotlangan;
agrotsenoz komponentlari (mikroorganizmlar-tuproq-o‘simlik) o‘zaro bog‘liqligi va ehtimolli (nazariy) bog‘lanish, shuningdek tuproq xossalarini qo‘llanilayotgan o‘g‘it tarkibi va turiga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida olingan yangi sekin ta’sir etuvchan o‘g‘itlarnitadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
ammiakli selitra eritmasini yuqori karbonatli fosforit uni bilan aralashtirilib, donadorlangan va donachalar sirti ammoniy sul`fat eritmasi ishtirokida fosforit uni bilan qoplab stabillashtirilgan ammiakli selitra ishlab chiqarish usuli «Farg‘onaazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Farg‘onaazot» AJning 2017 yil 9 noyabrdagi 37/6202-son ma’lumotnomasi). Natijada 254,661 ming tonna azot-fosforli mineral o‘g‘it (AFMO‘) ishlab chiqarish imkonini bergan;
tayyor amiakli selitra donachalari sirti ammoniy sul`fat eritmasi ishtirokida yuqori karbonatli fosforit uni bilan qoplash (ikkinchi variant) usulida stabillashtirilgan ammiakli selitra ishlab chiqarish «Farg‘onaazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Farg‘onaazot» AJning 2017 yil 9 noyabrdagi 37/6202-son ma’lumotnomasi). Natijada quvvati 60000 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat qurilmasi tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan;
ekologik xavfsiz organo-mineral o‘g‘itlar-10 (OMO‘-10) va organo-mineral o‘g‘itlar-20 (OMO‘-20) Sirdaryo viloyatining fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/20-116-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zaning o‘sib rivojlanishiga va hosil elementlarini to‘plashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, gektariga qo‘shimcha 3-4 s/ga hosil olish imkonini bergan;
turli tuproq-iqlim sharoitlarida organik va organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/20-116-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq unumdorligi saqlanib, ularning suv saqlash qobiliyati yaxshilangan, mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi ortib, tuproqning agrofizik va agrokimyoviy xususiyatlari ijobiy tomonga o‘zgargan, o‘simliklarning o‘suv davrida ozuqa unsurlari bilan maqbul ta’minlash imkonini bergan.