Isaqov Abror Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kaliyli o‘g‘it ishlab chiqarishda flotatsiya jarayoniga intellektual yondashuvni  takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1927.
Ilmiy rahbar: Nasirova Shaira Narmuradovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyberdieva Nazora Sharofovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kaliyli o‘g‘it ishlab chiqarishda flotatsiya jarayonini intellektual yondashuv bilan takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
flotatsiya ob’ektini kaliyli o‘g‘itlar yordamida ishlab chiqarishda tizimli fikrlash asosida uning ko‘p darajali ierarxik tuzilishini aniqlash bilan tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan;
kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda flotatsiyaning matematik va kompyuterli modellarini tuzish usullari ishlab chiqilgan;  
kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda flotatsiyaning texnologik jarayonini optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
kaliy xlorid konsentratsiyasining o‘zgarishi kirish parametrlariga bog‘liqligini inobatga olib, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda flotatsiya jarayonini optimallashtir usuli ishlab chiqilgan; 
kaliy xlorid olishning optimal texnologik parametrlari o‘rnatilgan va flotatsion qurilmani ikki va undan ko‘proq yacheykalarga bo‘lib takomillashtirish ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Flotatsion qurilmalarda va kompyuterli algoritmlarda flotatsion boyitish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Tyubegaten konining sil`vinitli rudalarini flotatsion boyitish jarayonlarini borishi uchun ishlab chiqilgan optimal sharoitlar “Dexqonobod kaliy zavodi” AJning “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan (“Dexqonobod kaliy zavod” AJning 2022 yil 8 iyundagi 02-021/1520-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘piklanish qatlami tebranish chastotasi va kaliy xloridning chiqayotgan pul`padagi va ko‘pik qatlamidagi konsentratsiyasining chetga chiqish maksimal amplitudasi kamaytirildi, hamda ko‘pikli mahsulotda kaliy xlorid konsensentratsiyasi orttirildi, bu esa galitli chiqindida kaliy xlorid miqdorining 0,4% ga kamaytirish imkonini beradi; 
flotatsion boyitishning mukammallashtirilgan texnologiyasi va flotatsiya jarayonlarini matematik modellashtirish usullarini qo‘llash orqali Tyubegaten konining sil`vinitlaridan kaliy xlorid olish texnologiyasi “Dexqonobod kaliy zavodi” AJning “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Dexqonobod kaliy zavod” AJning 2022 yil 8 iyundagi 02-021/1520-son ma’lumotnomasi). Natijada, sil`vinitlardan olingan kaliy xloridning tayyor mahsulotda chiqishini 3-5% ga oshirgan xolda Tyubegaten koni sil`vinitlaridan kaliy xlorid flotatsiyasi jarayonini avtomatik boshqarishning mukammal tizimini ishlab chiqish imkonini beradi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish