Mahmudov Furqat Jumaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Akademik liseylarda kvant fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4511.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Abduqaxxor Gadoevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Daminov Mirzoxid Islomovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda kvant fizikasi bo‘limini raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylarda kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mazmuni o‘qitish shakli, tamoyillari, tatbiq etish holati, o‘qitish metodlari, vositalari, loyihalash bosqichlari (tahlil qilish, integrativlik, kompetensiyaviylik, ijodiy) mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
akademik liseylarda kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘qitish o‘quv jarayonini innovatsion loyihalashga qaratilgan namoyishli, munozarali, grafik-konstruksion va o‘zini-o‘zi baholovchi multimediyali dasturiy ta’lim vositalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘qitishda raqamli texnologiyalarning LabVIEW dasturiy vositasi yordamida virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini ishlab chiqish orqali o‘quvchilarda tashabbuskorlik, kreativlik, ijodiy, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish, hamkorlik ko‘nikmasi kabi sifatlarni oshirishi asoslangan;
o‘quvchilarda kvant fizikasi bo‘limi mavzularidan raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan multimediyali o‘quv kurs hamda LabVIEW dasturiy vositasi yordamida ishlab chiqilgan virtual laboratoriya mashg‘ulotlar majmuasidan (darsda va darsdan) tashqari mustaqil foydalanish bo‘yicha adaptivlik, axborotlilik, integrativlikka asoslanish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida ta’limning dasturiy vositalarini yaratish va undan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
akademik liseylarda kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quv jarayonini innovatsion loyihalashga qaratilgan namoyishli, munozarali, grafik-konstruksion va o‘zini-o‘zi baholovchi multimediyali dasturiy ta’lim vositalar ishlab chiqish asosida mazmunan takomillashtirishga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining “OT-Atex-2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslar veb ilovasining dasturiy ta’minotini yaratish” (2019-2022 y.y.) mavzusidagi grant loyihasini “Multimediyali ta’lim vositalarini ishlab chiqish” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 10-apreldagi 935/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalar akademik lisey o‘quvchilarining kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘rganishida raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlari kengayishiga xizmat qilgan;
kvant fizikasi bo‘limi mavzularini o‘qitishda raqamli texnologiyalarning LabVIEW dasturiy vositasi yordamida virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarda tashabbuskorlik, kreativlik, ijodiy, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish, hamkorlik ko‘nikmasi kabi sifatlarni aniqlash asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar “Akademik liseylarda kvant fizikasi o‘qitish metodikasini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyun sanasidagi 314-son buyrug‘i, 314-927 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarida kvant fizikasi bo‘limi mavzulariga oid virtual laboratoriyalar mashg‘ulotlaridan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
multimediyali o‘quv kurs, LabVIEW dasturiy vositasi yordamida ishlab chiqilgan virtual laboratoriya mashg‘ulotlar majmuasidan (darsda va darsdan) tashqari mustaqil foydalanish bo‘yicha adaptivlik, axborotlilik, integrativlikka asoslangan metodik tavsiyalardan ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanilgan tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutining “OT-Atex-2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslar veb ilovasining dasturiy ta’minotini yaratish” (2019-2022 y.y.) mavzusidagi grant loyihasini “Ta’lim jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish metodikasi” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 10-apreldagi 935/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kvant fizikasi bo‘limi mavzularini raqamli texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish metodikasini rivojlantirishga erishilgan.