Maxmatqulov G‘olibjon Xolmuminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2547.
Ilmiy rahbar: Raximov Anvar Norimovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Xudayberganov Dilshod Tuxtaboevich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishga oid ilmiy talkif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatida savdo xizmatlarini rivojlantirishda innovatsiyalar asosida aholi turmush tarzini yaxshilaydigan parametrlarning o‘sish tendensiyasini ta’minlovchi samaradorlik indeksini hisoblash algoritmi taklif etilgan;
mintaqada savdo korxonalari xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda innovatsion salohiyat resurslarini guruhlashning o‘rtacha darajalar sirpanishi usuliga ko‘ra iqtisodiy o‘sish barqarorligini (4.6 foizdan 10.3 foizgacha) ta’minlash taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida aholiga savdo xizmatlarini ko‘rsatishning 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlantirish prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
“mijoz-subekt” interfeysini mijoz va subekt subinterfeyslari bo‘yicha savdo korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning innovatsion salohiyat resurslarini guruhlash sxemasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyatida savdo xizmatlarini rivojlantirishda innovatsiyalar asosida aholi turmush tarzini yaxshilaydigan parametrlarning o‘sish tendensiyasini ta’minlovchi samardorlik indeksini hisoblash algoritmi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 21- maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 14-dekabrdagi №11/02-15-13696-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatida savdo korxonalarining innovatsion faoliyati ko‘rsatkichlari asosida raqobatbardoshligini tashhislash va oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan, iqtisodiyotning innovatsiyalashuv jarayonida savdo xizmatlari tarmog‘ida innovatsion resurslardan foydalanish samaradorligini hududiy baholashga xizmat qilgan;
mintaqada savdo korxonalari xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda innovatsion salohiyat resurslarini guruhlashning o‘rtacha darajalar sirpanishi usuli asosida iqtisodiy o‘sish barqarorligini (4.6 foizdan 10.3 foizgacha) ta’minlash taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 14-dekabrdagi №11/02-15-13696-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatida aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishning maqsadli parametrlarini baholashda, mintaqaning innovatsion salohiyatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan;
Qashqadaryo viloyatida aholiga savdo xizmatlarini ko‘rsatishning 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlantirish prognoz ssenariylari Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 14-dekabrdagi №11/02-15-13696-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi hududiy savdo xizmatlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarining 10,6 foiz o‘sish tendensiyasini ta’minlashga hamda istiqbolda savdo xizmatlarini ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan;
“mijoz-subekt” interfeysini mijoz va subekt subinterfeyslari bo‘yicha savdo korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning innovatsion salohiyat resurslarini guruhlash sxemasi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 14-dekabrdagi №11/02-15-13696-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati savdo korxonalari faoliyatini innovatsion tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan, aholining tanlangan radiusda savdo korxonalari faoliyati va mahsulot assortimenti bilan masofadan tanishish, optimal xarid tanlovini amalga oshirish, buyurtma berish hamda nazorat subektlarining savdo tizimida raqamli marketingni rivojlantirish bo‘yicha talab va takliflarni baholash imkoniyati oshgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish