Abduxakimov Murodullo Togaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish masalalari”, 12.00.07 -“Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu591.
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Faxri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Fayziev Shuxrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etishni huquqiy tartibga solish bo‘yicha nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan prokuror nazoratining er maydonlarini, ayniqsa, sug‘oriladigan erlarni ishonchli muhofaza qilish, erlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga, noqonuniy qurilishlar qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, erdan qonuniy foydalanuvchi fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordam berish tamoyillari asosida tashkil etilishi zarurligi isbotlangan;
prokuror nazoratini tashkil etishda prokurorlar e’tibori erlarni talon - toroj qilinishini oldini olish, buning uchun zarur shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni yaratish, erlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qat’iy qo‘llashga qaratilishi lozimligi asoslab berilgan;
respublika, viloyat va tuman prokuraturalari hamda ixtisoslash-tirilgan prokuraturalarda er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarning doirasini va chegarasini belgilash, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishning hamda er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi asoslantirilgan;
prokuror nazorati samaradorligini kuchaytirish uchun erdan foydalanuvchilar va fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish choralarini ko‘rish, erlarning talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy etildi:
Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan prokuror nazorati er maydonlarini, ayniqsa, sug‘oriladigan erlarni ishonchli muhofaza qilish, erlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga, noqonuniy qurilishlar qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, erdan qonuniy foydalanuvchi fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordam berish tamoyili asosida tashkil etilishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2022 yil 21 fevraldagi “Er uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-138-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2021 yil 31 maydagi 11/6/21-332-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi er uchastkalaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida prokuror nazoratni yanada kuchaytirishni ta’minlashga imkon bergan;
prokuror nazoratini tashkil etishda prokurorlar e’tibori erlarni talon - toroj qilinishini oldini olish, buning uchun zarur shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni yaratish, erlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qat’iy qo‘llashga qaratilishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022 yil 10 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Er resurslari talon-taroj qilinishining oldini olish boshqarmasi to‘g‘risi-dagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2022 yil 30 dekabrdagi 11/6/22-623-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi er uchastkalaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida prokuror nazoratni yanada kuchaytirishni ta’minlashga imkon bergan;
respublika, viloyat va tuman prokuraturalari hamda ixtisoslash-tirilgan prokuraturalarda er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarning doirasini va chegarasini belgilash, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishning hamda
er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022 yil 10 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Er resurslari talon-taroj qilinishining oldini olish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2022 yil 30 dekabrdagi 11/6/22-623-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi er resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasining vazifalari, boshqarmaning huquqlari va javobgarligini belgilanishiga hamda sohada prokuror nazoratni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
prokuror nazorati samaradorligini kuchaytirish uchun erdan foydalanuvchilar va fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish choralarini ko‘rish, erlarning talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Er uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek erlarni hisobga olish va davlat er kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2022 yil 20 sentyabrdagi 04/8-07-4-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi er resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasining vazifalari, boshqarmaning huquqlari va javobgarligini belgilanishiga hamda sohada prokuror nazoratni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.