Mamajanov Shavkatjon Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta xomashyosini tozalashda ajralib chiqqan iflosliklardan paxta bo‘lakchalarini ajratib oluvchi RX rusumli regeneratorni takomillashtirish” 05.02.03 –Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3308
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD. 03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Davlat Mustafaevich texnika fanlari doktori, professor, Mo‘minov Mansurbek Raximovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tozalash samarasini oshirish maqsadida paxta regeneratorida rezina-plankali baraban o‘rnatish va plankalar burilish burchaklarini o‘zgartirish va yuqori ta’minlash qopqog‘ini ikki chekkasidan bo‘lish orqali chiqindini arrali barabanga tekis yoyilishini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
paxta regeneratoriga chiqindilarni bir me’yorda ta’minlash uchun ikki qismga ajratilgan kirish quvurili hamda chiqindidan paxtani ajratish samaradorligini oshirish maqsadida baraban o‘qiga nisbatan qiya holatda rezina-plankali barabanni yangi konstruksiya ishlab chiqilgan;
chiqindilardan paxta xom asyosini samarali ajratib olishni ta’minlash maqsadida takomillashtirilgan ajratuvchi rezina-plankali baraban valining mustahkamlik shartlarini matematik modeli ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan regenerator qurilmasining samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni maqbul qiymatlari ya’ni plankalarni baraban markazi tomon og‘ish burchagi, β -15 gradus, ajratuvchi baraban aylanish tezligi, 1000 ayl/min bo‘lishi matematik rejalashtirish usuli orqali aniqlangan;
chiqindilardan paxta xom ashyosini bir me’yorda ajratuvchi regeneratorning asosiy konstruktiv parametrlari hamda texnologik rejimlarini maqbul qiymatlari regeneratsiya kolosniklari oraliq masofasi, 30 mm, plankalar soni 10 ta bo‘lishi regression matematik model orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Takomillashtirilgan paxta regeneratorini joriy qilish orqali olingan natijalar asosida:
paxta chiqindilari tarkibidan paxtani ajratuvchi regenerator “Namangan Paxta Teks” MChJ “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 15 martdagi 03/22-239-son ma’lumotnomasi). Natijada ajratish samarasi 99,5%, tozalash samarasi 88,7% ga etgan va chiqindi tarkibida chigitli paxta miqdori 2,5 % dan kamaygan, korxonada ishlab chiqarilayotgan tola sifati 0,1 % ga yahshilangan.