Shamuratov Miyras Tolibayevich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tikuvchilik qiyqimlari va laxtaklardan tola tiklash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3174
Ilmiy rahbar: Gafurov Kabul Gafurovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Mirabzal Mirayubovich texnika fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Jamshid Qambaralievich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuvchilik qiyqim va laxtaklaridan tola tiklash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laxtak va qiyqimlarni kesuvchi mashinaning ta’minlash uzelida qo‘shimcha ikkita disksimon pichoqli valik o‘rnatish asosida kesuvchi mashinaning takomillashgan konstruksiyasi  ishlab chiqilgan;
perfobaraban sirtida tiklangan tolalardan tola qatlamini shakllantiruvchi havo oqimi ko‘rsatkichlarini nazariy va tajribaviy tadqiq etib, ularning perfobaraban o‘qi bo‘ylab o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan; 
qalinligi bo‘yicha bir tekis tola qatlamini shakllantiruvchi havo parametrlari kattaliklarini aniqlash natijasida perfobarabanning takomillashgan konstruksiyasi yaratilgan;
tikuvchilik qiyqimlari va laxtaklardan tiklangan tola hamda mahalliy poliefir tolasini qutblangan maydonda zaryadlab olinadigan aralash ip xossa ko‘rsatkichlari yaxshilanishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tikuvchilik qiyqimlari va laxtaklardan tola tiklash texnologiyasini takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida:
qiyqim va laxtaklardan tola tiklashda qalinligi bo‘yicha bir tekis tolali qatlamni shakllantiruvchi  perfobarabanning yangi takomillashtirilgan konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti (FAP 02017, “Savash mashinasining to‘rli barabani” 2022 y) olingan. Natijada perfobarabandagi havo bosimi rostlanib bir tekis qatlam olishga erishilgan;
trikotaj matosi qiyqimlari va laxtaklaridan tiklangan tolalarga mahalliy poliefir tolasini qutblangan maydonda zaryadlab, so‘ngra emul`siyalab perfobarabanning takomillashgan konstruksiyasida bir tekis qatlam shakllantirib  aralash ip yigirish texnologiyasi   ChACh MChJ xususiy korxonasida («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil «13»mart №03/23-526 sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada tiklangan tola chiqishi 3% ga ortishiga, aralash ipning uzish kuchi bo‘yicha notekisligi (variatsiya koeffisienti) 14,1 % ga kamayishiga, ipning pishiqligi 23 % ga yaxshilanishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish