Baxridinova Dilrabo Amanboevna
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kiyim detallarini tekis-hajmli uchastkalariga shakl berish texnologiyasini yaratish” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T114
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashkura Abduraimovna texnika fanlari doktori, professor; Pulatova Saboxat Usmanovna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kiyim qismlarining tekis-hajmli qismlarini shakllantirish sifatini ta’minlash va shakl barqarorligini oshirish usulini ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qayta ishlash sifatini yaxshilash va xarajatlarni minimallashtirishni, shuningdek kiyim qismlariga murakkab shakllar berishning texnologik jarayonini takomillashtirishni ta’minlaydigan kiyim qismlarining tekis-hajmli qismlari shakl hosil qilish va mahkamlashning vakuumli assimilyasiya usuli ishlab chiqilgan;
foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda kiyim qismlarining tekis-hajmli qismlari shaklini shakllantirish va mahkamlash uchun oqsil gidrolizati (kollagen) asosidagi polimer kompozisiyasining yangi tarkibi ishlab chiqilgan;
vakuum-assimilyasiya usuli bilan namlab iitib ishlov berish uchun yostiqlarning to‘qimachilik materiallari va kiyim qismlari to‘plami bilan o‘zaro ta’sirining qonuniyatlari aniqlangan;
aerodinamika qonuniyatlari asosida vakuumni qo‘llash yo‘li bilan kiyim detallarida shakl hosil qilish shartlari, o‘zgarish qonuniyatlari xamda kiyim o‘lchamlaridan kelib chiqib xajmli uchastkalarda yopiq texnologik makonni shakllantiradigan vakuumlash darajalari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Olingan ilmiy natijalar asosida kiyim qismlarining tekis hajmli qismlarini shakllantirish usulini ishlab chiqish bo‘yicha:
to‘qimachilik materiallaridan tayyorlangan kiyim qismlarini hajmli qoliplash moslamasi uchun foydali modelga patent olindi (FAP 00918 “Hajmli kiyim detallariga shakl berish qurilmasi”). Natijada, ishni amalga oshirish tezligi oshganligi tufayli samaradorlik 12% ga oshdi;
ustki kiyimlarni ishlab chiqarishda tikuv qismlarining tekis-hajmli qismlarini shakl xosil qilish uchun ishlab chiqilgan yangi usulni “Ideal Business Center” MChJ, “IDEAL TEXTIL ORZU” MChJ, “MEGA TEXTIL” MChJ va “Maxpress industry” MChJ (“O`zto`qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma  07.12.2022 y. №03/25-3444) tikuvchilik korxonalarida sinovdan o‘tkazildi va joriy etildi. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalarining joriy etilishi ishlab chiqarish korxonalar samaradorligini 14,6 % oshirish imkonini berdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish