Ashurov Xasan To‘lqin o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tarkibli to‘shama matolarning sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash” 05.06.01-“To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/2401
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich texnika fanlari doktori, professor; Ismatullaeva Xolida Zakrullaevna texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasiga rogoz o‘simligi mevasidan olingan tolani aralashtirishning optimal ulushi hisobiga olingan to‘shama matolarning sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida uning iste’mol xususiyatlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘shama matoning xossali ko‘rsatkichlarining rogoz o‘simligi mevasidan olingan tolasining ulushi hisobiga va matoning tuzilishi parametrlariga bog‘liqligini aniqlangan;
kafolatli aniqlikda to‘shama matolardagi tanda va arqoq iplarining uzish kuchi va uzishdagi uzayishini aniqlash usuli  takomillashtirilgan; 
turli tarkibli to‘shama matolarning uzilish kuchi, havo o‘tkazuvchanligi va ishqalanishga chidamliligining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi regression bog‘lanishlar kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan; 
turli tarkibli to‘shama matolarning sifat ko‘rsatkichlari kompleks baholangan va ekpert baholash asosida  havo o‘tkazuvchanligi, uzish kuchi va ishqalanishga chidamliligi  ko‘rsatkichlari   ahamiyatliligi  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada tavsiya etilgan paxta va rogoz o‘simligi mevasidan olingan tolalar aralashmasidan ishlab chiqarilgan to‘shama matolarning sifat ko‘rsatkich-larini baholash uslubi “Malimo teks” xususiy korxonasida amaliyotga joriy qilindi (“Malimo teks” xususiy korxonasining 2021 yil 23 sentyabrdagi FB-7/2500-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, paxta va rogoz o‘simligi mevasidan olingan tolalardan samarali foydalanish orqali to‘shama matolarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uslubini takomillashtirish hamda yangi assortimentdagi to‘shama mato olish usuli hisobiga havo o‘tkazuvchanligi 19,1% ga, ishqalanishga chidamliligi 24,5% ga, mehnat unumdorligi 45-50% oshirilgan, 30% gacha paxta tolasi tejalgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish