Jumaboev G‘ulomjon Shermatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent vohasi sharoitida Ispan mingboshi (Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert) bioekologiyasi va etishtirish texnologiyasi”, 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx886
Ilmiy rahbar: Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Karshiboev Jaxongir Xazratkulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ruzmetov Umid Ismailovich, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent vohasi sharoitida Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert ning bioekologik xususiyatlarini yoritib berish va fitokimyoviy tarkibini aniqlash hamda ko‘paytirish va etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Vaccaria hispanica urug‘ unuvchanligining saqlash muddatiga bog‘liqligi aniqlanib bunda xaroratning 22-250C –ga etishi bilan 2-yil saqlangan urug‘larning unuvchanligi ham 100%-ni tashkil etganligi aniqlangan;
Toshkent vohasi sharoitida Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert ning ontogenez qonuniyatlari asosida rivojlanish biologiyasi yoritilib, virginil bosqichida 3 davrini (maysa, yuvenil, immatur), generativ bosqichining 3 davrini (g‘unchalash, gullash va mevalash) tavsiflash imkonini bergan;
Vaccaria hispanica ning mavsumiy rivojlanish maromini kuzatilgan va O‘zbekiston sharoitida vegetatsiya davomiyligi 92-105 kunni tashkil etishi aniqlangan;
Vaccaria hispanica Toshkent vohasi sharoitida introduktsion baholangan va etishtirish uchun istiqbolli tur deb belgilangan;
Toshkent vohasi sharoitida etishtirilgan Vaccaria hispanica urug‘ining anatomik tuzilishining tahlili asosida urug‘ning yumaloq parenxima hujayralarining tarkibida saponin va efir moylari aniqlangan va diagnostik belgilar ajratilgan;
Vaccaria hispanica ning urug‘ining fitokimyoviy tarkibi flanavoidlar, yog‘, uglevodlar miqdori va aminokislotalar tarkibi aniqlangan bo‘lib, 19 xildagi aminokislotalar mavjudligi aniqlangan;
Vaccaria hispanica ning ekish muddati bo‘yicha olib borilgan tajribalarda o'rta muddatda, yani mart oyining birinchi dekadasida ekilgan urug‘lar eng yuqori ko‘rsatgichni namoyon etib, urug‘ hosildorligi 2450 kg/ga ni tashkil etishi aniqlangan;
urug‘ ekish meyori bo‘yicha tajribalarda gektariga 6,75 kg urug‘ ekish maqbul hisoblanib, barcha variantlarda ushbu meyor eng yuqori ko‘rsatgichni namoyon etgani aniqlangan;
navbatlab ekish bo‘yicha tajribalarda avval madaniy ekin ekilgan maydonda o‘simlikning o ’sishi, rivojlanishi va xosildorligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib, o‘simlikning bo‘yi 58,4±1,3 sm, mevalar soni 68±2,4 donani, urug‘ xomashyo miqdori 2450 kg/ga ni tashkil etishi aniqlangan;
Toshkent vohasi sharoitida Vaccaria hispanica ni etishtirish agrotexnikasini ilmiy asoslangan uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vaccaria hispanica ning Toshkent vohasi sharoitida bioekologik xususiyatlarini va etishtirish texnologiyasini tadbiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Ispan mingboshi o‘simligini etishtirish texnologiyasi Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi hududida 0,25 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 28 oktyabrdagi 04/21–4983-son ma’lumotnomasi). Natijada poya xom-ashyosidan 72%, urug‘ xom-ashyosidan 78% daromad olishga erishilgan. Dissertatsiya tadqiqotlarini joriy etish orqali Ispan mingboshini etishtirishning ilmiy asoslangan usuli ishlab chiqilib, etishtirishdan keladigan daromad 1,75 barobarga oshirilgan.
Quyichirchiq ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida Ispan mingboshi o‘simligini etishtirish texnologiyasi 0,10 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 28 oktyabrdagi 04/21–4983-son ma’lumotnomasi). Natijada poya xom-ashyosidan 65%, urug‘ xom-ashyosidan 78% daromad olishga erishilgan. Dissertatsiya tadqiqotlarini joriy etish orqali Ispan mingboshini etishtirishning ilmiy asoslangan usuli ishlab chiqilib, etishtirishdan keladigan daromad 1,8 barobarga oshirilgan;
Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i hududida Dorivor va manzarali o‘t o‘simliklar introduktsiyasi laboratoriyasi tajriba maydonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 25-oktyabrdagi № 4/1255-2684-son ma’lumotnomasi). Natijada Dorivor o‘simliklar kolleksiyasi fondi dorivor va manzarali o‘simlik bilan boyitilgan. Shu bilan birga dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-apreldagi PQ-4670-son Qarori ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish