Djabborov Shavkat Razzoqovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyni ildizdan tashqari oziqlantirishning don hosili va sifatiga ta’siri i”, 06.01.04 – Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1059
Ilmiy rahbar: Namozov Normamat Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Akmal lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari  doktori; Siddiqov Saidjon, qishloq xo‘jaligi fanlari  nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida karbamid asosidagi suspenziya me’yor va muddatlarining mineral o‘g‘itlarning me’yorlariga bog‘liq holda tuproq va o‘simliklarning agrokimyoviy xossalarini o‘zgarishiga, kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitlarida kuzgi bug‘doyning “Grom” navining mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlariga bog‘liq holda ildizdan tashqari oziqlantirishning karbamid asosidagi suspenziyalarning maqbul me’yor va muddatlari aniqlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida karbamid asosidagi suspenziyalarnining maqbul qo‘llash me’yor va muddatlarini mineral o‘g‘itlarning me’yorlariga bog‘liq holdagi tuproq va o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va ta’siri aniqlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida ildizdan tashqari oziqlantirishning muddat va me’yorlarining kuzgi bug‘doy o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi, hosil elementlarining shakllanishi, don hosildorligi va sifatiga ta’siri ijobiy bo‘lib karbamid asosidagi suspenziya naychalashda 8 kg boshoqlashda 12 kg me’yorda qo‘llanilganda don hosili 62,3 s/ga ni tashkil etib qo‘shimchasi 9,8 s ga teng bo‘lganligi  asoslangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning “Grom” navini mineral o‘g‘itlar bilan ildizdan oziqlantirishning (N-180  P-125 K-90 kg/ga) me’yorlariga bog‘liq holda, qo‘llanilgan suspenziya naychalashda 8 kg boshoqlashda 12 kg me’yor va muddatlarini donning sifat va laboratoriya ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyni ildizdan tashqari oziqlantirishning don hosili va sifatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:  
Kuzgi bug‘doyning “Grom” navining ildizdan tashqari maqbul oziqlantirish muddatlari va me’yorlarini qo‘llash yuzasidan «Kuzgi bug‘doyni ildizdan tashqari oziqlantirishda suspenziyalarni qo‘llashning maqbul muddatlari va me’yorlari bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilib, fermer va klaster xo‘jaliklariga joriy etilgan  qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan  1/4-1-4179 -son. Buning natijasida gektaridan qo‘shimcha  4500 mln  so‘mgacha sof foyda olinib, rentabellik darajasi  79 % gacha oshgan;
 Kuzgi bug‘doyning “Grom” navini ildizdan tashqari maqbul muddatlarda va me’yorlarda oziqlantirish natijasida yuqori hosildorlikka erishish va don sifatining yaxshilanishi agrotexnologiyasi Toshkent viloyatining Qibray, Bo‘ka tumanlarida 93 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30-dekabrdagi № 07/21-21-9941 -son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doyning unib chiqishi, tuplanishi, o‘simliklarning saqlanuvchanligi, hosilning shakllanishi, donning texnologik sifat ko‘rsatkichlari, 1000 ta don massasi, natura og‘irligi, shishasimonlik darajasi, oqsil va kleykovina miqdorlari yaxshilangan va don hosildorligi (8-9 s/ga) oshganligi aniqlangan;
Kuzgi bug‘doyning oziqlantirish tartibi, me’yorlari va muddatlari maqbullashtirilgan agrotexnologiya Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer va klaster xo‘jaliklarida keng maydonlarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30-dekabrdagi № 07/21-21-9941 -son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan qo‘shimcha 9- s/ga qo‘shicha don hosili olinib, rentabellik darajasi  79 % gacha oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish