Ergasheva Obod Norqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek ayollari timsolida o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2022.2.PhD/Ped3496.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharafovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxsieva Aziza Shamsiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek ayollari timsolida o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek ayollari timsolida o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlar (mehribonlik, oriyatlilik, oilaparvarlik, sadoqatlilik, vafodorlik, fidoyilik, matonatlilik, nafislik, ziyraklik)ni rivojlantirishning tarbiyaviy ehtiyoj, mazmunli, ijtimoiy xulq-atvor, qadriyatli baholash kabi tarkibiy komponentlari milliy axloqiy dilemmalarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘zbek ayollari timsoli orqali o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirishning tarixiy va pedagogik-psixologik xususiyatlari (tarixiylik, milliy fazilatlarning ijtimoiy-pedagogik mazmuni, shaxsiy-refleksiv baholash, hissiy munosabat) uyg‘unligini ta’minlay olish bilan tashqi, ichki hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
milliy fazilatlar shakllanishining madaniyat bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, madaniy-tarbiyaviy yondashuvning monomadaniyat, submadaniyat, polimadaniyat, polietniklik, madaniyatlararo dialoglik tamoyillari hamda “Tarbiya” fanini o‘qitish imkoniyatlariga asoslangan holda o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirish asoslangan;
o‘zbek ayollari timsolida o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirishning modulli tarbiya texnologiyasi faoliyatni tashkil etish shakllari (munozara, mustaqil faoliyat, debat, qizlar maktabi, ota-onalar maktabi, ijtimoiy hamkorlik), o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini aniqlash (bilishga doir, fazilatni namoyon etish, rivojlantirish, korreksiyalash) hamda motivatsion, axborotli-kognitiv, operatsion va qadriyatli kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek ayollari timsolida o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek ayollari timsolida o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlar (mehribonlik, oriyatlilik, oilaparvarlik, sadoqatlilik, vafodorlik, fidoyilik, matonatlilik, nafislik, ziyraklik)ni rivojlantirishning shaxsiy ehtiyoj, mazmunli, ijtimoiy xulq-atvor, qadriyatli baholash kabi tarkibiy komponentlarini milliy axloqiy dilemmalar tahliliga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarorining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”ni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 3-martdagi 01/11-02/2-127 son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
o‘zbek ayollari timsoli orqali o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirishning tarixiy va ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari (tarixiylik, milliy fazilatlarning ijtimoiy-pedagogik mazmuni, shaxsiy-refleksiv baholash, hissiy munosabat) uyg‘unligini ta’minlay olish bilan tashqi, ichki hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash, shuningdek, milliy fazilatlar shakllanishining madaniyat bilan o‘zaro bog‘liqligini inobatga olish, madaniy-tarbiyaviy yondashuvning monomadaniyat, submadaniyat, polimadaniyat, polietniklik, madaniyatlararo dialoglik tamoyillari hamda “Tarbiya” fanini o‘qitish imkoniyatlariga asoslangan holda o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik modelini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oʼzbekiston Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 10-apreldagi 102-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Tarbiya” fanining 1-9-sinflarga moʼljallangan darsliklarni yaratish jarayonida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 3 martdagi 01/11-02/2-127 son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari fan o‘qituvchilarining o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘zbek ayollari timsolida o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirishning modulli tarbiya texnologiyasi faoliyatni tashkil etish shakllari (munozara, mustaqil faoliyat, debat, qizlar maktabi, ota-onalar maktabi, ijtimoiy hamkorlik), o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini aniqlash (bilishga doir, fazilatni namoyon etish, rivojlantirish, korreksiyalash) hamda motivatsion, axborotli-kognitiv, operatsion va qadriyatli kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 3-martdagi 01/11-02/2-127 son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-qizlarda milliy fazilatlarni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.