Aripov Shokirjon Olimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning pedagogik tizimi”, 13.00.0 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2062.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Quronov Muxammad, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning pedagogik tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda xorijiy va mahlliy tajribalar integratsiyasi, ushbu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash asosida tizimli-faoliyatli, aksiologik, shaxsiy-faoliyatli, familistik, genderli va kompetentli yondashuvlarni qo‘llashning ustivor yo‘nalishlari aniqlangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayonning ijtimoiy pedagogik modeli real imkoniyatlarni yuzaga keltiruvchi, dars va darsdan tashqari faoliyat aloqadorligi bilan boyitilgan motivatsion, mazmunli-tashkiliy, tashkiliy-boshqaruvga doir hamda diagnostik bloklarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
o‘zaro bir-birini inkor qiladigan murakkab vaziyatlarda tanlovni amalga oshirish talab qilinadigan, insonning shaxsiyati va madaniy darajasini ko‘rsatadigan dilemmalardan foydalanish asosida o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorgarligining shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar va indikator ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
o‘smir yoshdagi o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashni ta’minlashga xizmat qiladigan didaktik tizim oilaviy munosabatlarga oid dunyoqarash, gender rollarni shakllantirish, ularda oilaviy ziddiyatlarning salbiy oqibatlarini farqlash tajribasini hosil qilishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallari, seminarlar, sinf soatlari, treninglar va strategiyalarni intensiv loyhalash mexanizmini joriy etish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda xorijiy va mahlliy tajribalar integratsiyasi, ushbu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayonning real imkoniyatlarni yuzaga keltiruvchi, dars va darsdan tashqari faoliyat aloqadorligi bilan boyitilgan motivatsion, mazmunli-tashkiliy, tashkiliy-boshqaruvga doir hamda diagnostik bloklarni aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi (2017-2020) doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 10-apreldagi 02-07-392/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayonning ijtimoiy pedagogik modeli dars va darsdan tashqari faoliyat aloqadorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari faoliyatda o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning optimal pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish, oilaviy munosabatlarga oid o‘zaro bir-birini inkor qiladigan murakkab vaziyatlarda tanlovni amalga oshirish talab qilinadigan, insonning shaxsiyati va madaniy darajasini ko‘rsatadigan dilemmalardan foydalanishga oid takliflaridan O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0910202206 – davlat qayd raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi (2017-2020) doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 10-apreldagi 02-07-392/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir yoshdagi o‘g‘il bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashni ta’minlashga xizmat qiladigan didaktik tizimni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish