Abdullaev Javohir Abdumalik o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida davlat xususiy sherikligi mexanizmi rivojlanishini boshqarish”, 08.00.13 – “Menejment”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt.2290
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy rahbar: Sharifxodjaev Usman Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Rasmiy opponentlar:
Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Djumaniyazov Umrbek Ilxamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikligi mexanizmidan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim tizimidagi davlat mulkini samarali boshqarish hamda davlat tomonidan o‘zaro manfaatli shartlarda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligi mexanizmiga konsessiya shartnomalarini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
milliy darajada davlat-xususiy sherikligining polidarajali tarkibiy tuzilmasi va ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirishning yopiq halqasimon tizimi taklif etilgan;
oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikligi konsepsiyasini amalga oshirishda istiqbolli yo‘nalishlar triadasi (stipendiya va grant loyihalari, moddiy-texnik baza, biznes-o‘yin va trening) elementlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikligi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari asosida talabalar soni hamda talabalar turar joyiga bo‘lgan talab dinamikasining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim sohasida DXSh mexanizmidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar asosida:
Oliy ta’lim tizimidagi davlat mulkini samarali boshqarish hamda davlat tomonidan o‘zaro manfaatli shartlarda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligi mexanizmiga konsessiya shartnomalarini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi” tomonidan “Oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 89-06-03-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish orqali davlat mulkini samarali boshqarish hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Milliy darajada davlat-xususiy sherikligining polidarajali tarkibiy tuzilmasi va ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirishning yopiq halqasimon tizimidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi” tomonidan “Oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 89-06-03-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirishning yopiq halqasimon tizimidan foydalanish asosida davlat mulkini samarali boshqarish hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikligi konsepsiyasini amalga oshirishda istiqbolli yo‘nalishlar triadasi (stipendiya va grant loyihalari, moddiy-texnik baza, biznes-o‘yin va trening) elementlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi” tomonidan “Oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 89-06-03-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tizimida stipendiya va grant loyihalari, moddiy-texnik baza, biznes-o‘yin va trening elementlaridan keng foydalanish asosida davlat-xususiy sherikligi konsepsiyasini samarali amalga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikligi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari asosida talabalar soni hamda talabalar turar joyiga bo‘lgan talab dinamikasining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi” tomonidan “Oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 89-06-03-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikadagi talabalar soni hamda talabalar turar joyiga bo‘lgan talab dinamikasidan kelib chiqqan holda asosiy faoliyatning istiqbol ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.