Movlonov Ma’ruf Kalandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malakaviy amaliyotni loyihalash asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi (Texnika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3263.
Ilmiy rahbar: Tursunov Sobir Turdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalar malakaviy amaliyotini loyihalash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyotni loyihalash orqali bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning uslubiy-didaktik ta’minoti kompetentli, metodologik yondashuvlar hamda diagnostik, yaxlitlik tamoyillari asosida mazmunan rivojlantirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda malakaviy amaliyot jarayonini loyihalashning divergensiv, transformativ, konvergensiv bosqichli konseptual modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va dignostik-natijaviy komponentlarni o‘zaro uzviylashtirish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning malakaviy amaliyotini loyihalash orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlarni kasbga yo‘naltirib o‘qitish, pedagogik va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ma’lumotlar bazasini tizimlashtirish hamda o‘quv didaktik ta’minoti ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni malakaviy amaliyot jarayonida kasbiy kompetensiyalarini va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini aniqlashda ishlab chiqarish-texnologik, tashkiliy-boshqaruv, loyihalash, amaliy va ilmiy tadqiqotchilik, psixologik-pedagogik kasbiy kompetentlik komponentlarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari amaliy faoliyatda muhandislik masalalarini echishning matematik modelini qurish natijasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakaviy amaliyotni loyihalash asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyotni pedagogik loyihalash orqali bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar hamda ustuvorlik, rivojlantirish, dinamik, to‘liqlik, diagnostik, yaxlitlik tamoyillari asosida mazmunan rivojlantirishga doir takliflardan Qarshi davlat universiteti ilmiy-texnik rejalari asosida tashkil etilgan OT-Atex-2018-340 «Ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli tadqiq etish» nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 23-yanvardagi 03/268-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha malakaviy amaliyot jarayonida talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligining rivojlanishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarni malakaviy amaliyot jarayonini loyihalashning divergensiv, transformativ, konvergensiv bosqichli konseptual modeliga asoslangan metodik model ishlab chiqilgan metodik modeldan hamda bo‘lajak muhandislarni malakaviy amaliyotni pedagogik loyihalash orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning modellashtirish, loyihalash va tadqiqotchilik metodikasini takomillashtirish hamda malakaviy amaliyot jarayonida kasbiy kompetensiyalarini va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini, baholash mezonlarini takomillashtirishga doir takliflardan “Chiziqli algebra va analitik geometriyadan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 356-004-son guvohnoma). Mazkur model bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan.