Agzamxodjaev Saidanvar Talatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta yoshdagi bolalarda tug‘ma gidronefrozni xirurgik korreksiyalash usuli tanloviga differensiatsiyalangan yondashuv», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib380.

Ilmiy rahbar: Beknazarov Jumanazar Beknazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Bairov Vladimir Gireevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Bolalar salomatligi milliy tekshiruv tibbiyot markazi» federal davlat avtonom muassasasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ma gidronefroz bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda xirurgik korreksiyalash usulini tanlashga differensiatsiyaviy yondashish va jarrohlik aralashuvining yangicha modifikatsiyalarini ishlab chiqish yo‘li bilan xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tug‘ma gidronefroz bo‘lgan erta yoshli bolalarda pielouretral segment obstruksiyasi angioarxitektonikasi xususiyatlariga asoslangan pieloplastika usullari ishlab chiqilgan;

tug‘ma gidronefroz bo‘lgan erta yoshdagi bolalardagi pielouretral segment obstruksiyasi asosiy omillarini differensial tashxislashda diuretik ul`trasonografiyaning yuqori informativligi isbotlangan;

pielouretral segment obstruksiyasi omillarining prognostik modeli ishlab chiqilgan va tug‘ma gidronefroz bo‘lgan ilk yoshli bolalarni xirurgik davolash usulini tanlashga differensial yondashish zarurligi isbotlangan;

tug‘ma gidronefroz bo‘lgan erta yoshdagi bolalarni xirurgik davolash natijalari tahlil qilingan va operatsiyadan keyingi yaqin vaqtning kechish xususiyatlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tug‘ma gidronefroz bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

ishlab chiqilgan “Bolalardagi gidronefroz obstruksiyaning yetakchi omillarini differensial tashxislashda diuretik ul`trasonografiyadan foydalanish” usuliga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05579-son, 2018 yil). Taklif etilgan usulni qo‘llash operatsiyadan keyingi erta va kech asoratlarni 5,4%dan 1,2%gacha pasaytirishga imkon bergan;

“Bolalardagi gidronefroz obstruksiyaning yetakchi omillarini differensial tashxislashda diuretik ul`trasonografiyadan foydalanish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 martdagi 8n-d/33-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar tug‘ma gidronefroz bo‘lgan bolalarni tekshirish pielouretral segment obstruksiyasining asosiy sababini operatsiyagacha bo‘lgan bosqichda aniqlashga va nuqsonni jarrohlik aralashuvi bilan korreksiyalash usulini tanlashga differensial yondashishni amalga oshirishga imkon bergan;

tug‘ma gidronefroz bo‘lgan erta yoshdagi bolalarda tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bolalar urologiyasi bo‘limi, Respublika perinatal markazi huzuridagi neonatal xirurgiya o‘quv-davolash metodik markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 martdagi 8n-d/33-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdan olingan natijalar yuqori ehtimollik bilan (83,3%) pielouretral segment obstruksiyasining asosiy sabablarini aniqlash va bemorlarni statsionar davolanish muddatlarini 37%ga qisqartirish hamda yaxshi va qoniqarli natijalarni 94,6%dan 98,8%gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish